Endi Samsung Galaxy S10'da ham Note 10'ning qator funksiyasi bor!

Endi Samsung Galaxy S10'da ham Note 10'ning qator funksiyasi bor!

Galaxy Note 10 relizidan ko‘p ham o‘tmay Samsung e’tiborini ruchkasiz flagmanlari: Galaxy S10, S10e va S10+'larga qaratmoqda. Galaxy S10 oilasining Yevropa bozori uchun chiqarilgan Exynos talqinlariga yetib kelgan tizim yangilanishi bilan ushbu smartfonlarda Note 10 kamerasining bir qator funksiyalari va DeX for PC mavjud bo‘ladi.

Tizim yangilanishi ma’lumotlari:
•Versiyasi: G973FXXU3ASIG/G973FOXM3ASIE/G973FXXU3ASIE
•Hajmi: 1234.38MB
•Xavfsizlik patchi darajasi: 1 sentyabr, 2019 yil

Yangilanishlar:
•Kameraga qo‘shilgan yangi funksiyalar: Jonli fokus, Jonli fokus video, AR Dudl, Tun, Super barqaror
•Link to Windows, Dinamik blok ekrani, DeX for PC
•Video tahrirlovchining ishlashi yaxshilandiGalaxy S10'lar kamerasi endi Note 10'da bo‘lgan ko‘plab funskiyalarni amalga oshira oladi. Tungi rejim selfi kameralarga ham qo‘shildi, endi qorong‘ida ham ancha sifatli selfilar olish imkoni bo‘ladi. Video rejimga takomillashtirilgan stabilizatsiyalash, AR dudllar, videolar uchun jonli fokus (bu bilan boke effektini hosil qilish mumkin bo‘ladi) qo‘shilgan. Videolarni yozib bo‘lganingizdan so‘ng, Galereya ilovasi orqali ularni osonlik bilan telefonning o‘zida tahrirlay olasiz.DeX for PC bilan esa Samsung'ingizni Windiws yoki Mac'ka ulay olasiz. Buni amalga oshirish uchun kompyuteringizga Samsung DeX dasturini o‘rnatib, USB orqali S10'ingizni ulaysiz. Dastur smartfoningizning kompyuterga moslashtirilgan interfeysini PC monitorida ko‘rsatadi va Samsung'ning optimallashtirilgan ilovalaridan kompyuterning o‘zida foydalansangiz bo‘ladi. Microsoft'ning Link to Windows ilovasi dastur yangilanishi bilan avtomatik ravishda smartfoningizga o‘rnatiladi. U bilan matnli xabarlar va rasmlarni kompyuterga simsiz sinxronlash mumkin. Sizga tizim yangilanishi hali yetib kelmagan bo‘lsa ham, bu ilovani Play Market'dan yuklab olishingiz mumkin.

Galaxy S10e, S10 va S10+'larning Yevropa versiyasiga kelayotgan ushbu yangilanish qurilmaning xavfsizlik darajasini sentyabr oyigacha ko‘taradi. Agar Yevropada bo‘lmasangiz yoki sizda Snapdragon bo‘lsa, yangilanish kelishini biroz kutib turishingizga to‘g‘ri keladi. Galaxy S10 5G esa qachon yangilanishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Samsung'larga Android 10 qachon yetib keladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!