Endi Word, Excel va Power Point bitta ilovada

Endi Word, Excel va Power Point bitta ilovada

Microsoft mobil qurilmalar uchun Android operatsion tizimida ishlaydigan yangi dasturni chiqardi.

Office nomi ostidagi bu dastur hali ham beta-test versiyada.Ushbu universal dastur o‘zida Word, Excel va PowerPoint funksiyalarini birlashtiradi. Unda siz hujjatlarni yaratishingiz va tahrirlashingiz, shuningdek, boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda real vaqt rejimida ishlashingiz, hujjatlarni bulutli xotirada yoki qurilmangizning o‘zida saqlashingiz va ularga kirishni boshqarishingiz mumkin.Hujjatlarni  mobil qurilmada osongina yaratish, rasmlarni esa tahrirlanadigan Word fayliga, Excel elektron jadvaliga yoki PowerPoint taqdimotiga o‘tkazish mumkin. Bundan tashqari, fotosuratlardan yoki Word, Excel va PowerPoint hujjatlaridan PDF fayllarini tezda yaratish mumkin.Office'ni qurilmaga yuklash uchun 1GB yoki undan ko‘p tezkor xotiraga ega smartfon, shuningdek, Android 6 Marshmallow va undan yuqori versiya talab qilinadi.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Microsoft haqida qiziqarli 12 fakt