Eng arzon Xiaomi smartfoni eng qimmat Samsung flagmanidan qaysi ko‘rsatkichda o‘zib ketdi?

  •   DiMaX
  •  4956
  •  05.05.2018 12:49

Eng arzon Xiaomi smartfoni eng qimmat Samsung flagmanidan qaysi ko‘rsatkichda o‘zib ketdi?

Strategy Analytics kompaniyasi joriy yilning birinchi choragi bo‘yicha dunyo smartfon bozori holatini o‘rganib chiqib, bir-biridan qiziq ma’lumotlarni e’lon qildi. Shulardan biri – mazkur davr mobaynida eng ko‘p sotilgan mobil qurilmalar reytingidir.

O‘QING: Xitoydagi eng ommabop smartfonlar reytingi: Galaxy S9 ikkinchi o‘rinda, iPhone X esa judayam pastda...

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Apple qurilmalari ushbu reytingning eng tepasidagi naq to‘rtta o‘rinni band etgan. Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfon esa kupertinolikning yubiley ayfoni – iPhone X ekan.

Mutaxassislar fikricha, 2018 yilning yanvaridan to mart oyi so‘ngiga qadar Apple naq 16 milliondan oshiq iPhone X sotishga ulgurgan. Superflagmanning o‘tgan yilning noyabridan buyon xaridorlarga yetkazib berilgan umumiy miqdori esa 50 millionga yaqinlashib qolgan.

Narxi baland bo‘lishiga qaramasdan, yubiley ayfoni o‘z «sherik»lari – iPhone 8 (12.5 millionta sotilgan) va iPhone 8 Plus (8.3 millionta sotilgan) modellaridan ancha ilgarilab ketgan. To‘rtinchi o‘rinni esa 5.3 milliontalik natija bilan o‘tgan yilgi iPhone 7 egallab turibdi.

Kupertinolik ortidan – «xitoylik Apple»!

Ro‘yxatdagi kuchli beshlikni, qanchalik qiziq tuyulmasin, nisbatan «yosh» smartfonsozning eng arzon telefoni – Xiaomi Redmi 5A modeli yakunlab bermoqda. Ushbu smartfon Xitoy, Hindiston va boshqa yirik bozorlarda juda ham ommalashib borayotir. Shuningdek, O‘zbekistonda ham bu modelga talabgorlar bisyor va istasangiz, siz ham unga buyurtma berishingiz mumkin.

O‘QING: O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriluvchi Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlari narxlari (2018 yil 28 aprel)

Xullasi kalom, Xiaomi korporatsiyasi shu uch oy mobaynida 5.4 million donadan oshiq Redmi 5A smartfonini xaridorlariga yetkazib bergan.

Mana, 2018 yilning birinchi choragida dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan oltita smartfon ko‘rsatkichlarini 2017 yilning shu davridagi natijalar bilan taqqoslab ko‘ramiz:

O‘QING: Xiaomi’ning navbatdagi rekordi: tahlilchilar hayratda, investorlar quvonchda!

Nihoyat, Samsung’ga ham navbat yetdi

Yuqorida ko‘rib turganingizdek, ro‘yxatning oltinchi pog‘onasini, nihoyat, yetakchi smartfonsozlardan sanalmish Samsung kompaniyasining Galaxy S9+ flagmani egallagan. Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining ushbu eng ilg‘or va qimmat smartfonidan 5.3 milliondan ziyod sotishga erishgan.

Agarda Samsung o‘zining yangi flagmanlarini dunyo bo‘yicha ommaviy savdoga mart oyining o‘rtasidagina chiqara boshlanganini hisobga olsak, bu – juda yaxshi ko‘rsatkich. Yilning ikkinchi choragida mazkur model eng ommabop Android-smartfon bo‘lishi ham mumkin, agarda «plyussiz» sherigi – standart Galaxy S9 undan o‘zib ketmasa.

Darvoqe, Samsung’ning shu flagmanlari va boshqa bir qator modellardagi smartfonlarini O‘zbekistonda ham rasmiy kafolat bilan olish imkoni mavjud.

O‘QING: Arzonlashgan va O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 26 aprel)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!