Eng asabni o‘ynovchi saytni yaratishdi – bir kirib ko‘rmaysizmi?

  •   DiMaX
  •  3234
  •  08.07.2019 15:49

Eng asabni o‘ynovchi saytni yaratishdi – bir kirib ko‘rmaysizmi?

Bagaar studiyasining dizaynerlar jamoasi shunday sayt yaratishdiki, uni kishini qiynash, asabini o‘ynash vositasi desak ham xato bo‘lmaydi. Ular buni atayin qilishgan – foydalanuvchilarga eng yoqmaydigan interfeys yaratishga urinishgan va buni ajoyib tarzda uddalashgan.

O‘QING: O‘zbekistonda OTMlar saytlari qay ahvolda?

Bu – userinyerface.com sayti bo‘lib, o‘yin ko‘rinishidadir: unda hammasi sizni chalg‘itishga yo‘naltirilgan. Maqsad oddiy – belgilangan muddat ichida qing‘ir-qiyshiq interfeys orqali o‘tib, ro‘yxatdan o‘tishga ulgurishingiz kerak.

Ammo saytda hamma narsa odatiy qoidalarga teskari tarzda ishlangan: parol uchun to‘rtta talab mavjud va ular ko‘k fonda och yashil shrift bilan, mayda qilib yozilgan. Mamlakatlar belgilari oq-qora ranglarda, taymer muntazam tarzda lipillab turadi va hokazo. Ishqilib, hammasi shu qadar telba-teskari ishlanganki, ham yomon, ham kulgili, lekin shunisi bilan dohiyona!

Mazkur saytni ishlab chiqqan dasturchi va dizaynerlar shunday deyishgan: «O‘tgan o‘n yil mobaynida biz dizaynning muayyan shablonlariga – pozitsiyalar, ranglar va belgichalariga ko‘nikib qoldik. Foydalanuvchilar saytlarda interfeysning 90 foizini odatiy qabul qilib, intuitiv tarzda harakat qilishadi. Biroq, ularning barchasini yaxshilab aralashtirib-qorishtirib tashlasak nima bo‘ladi? O‘rnatilgan qoidalarga qarshi chiqib, hammasini teskarisiga ishlab chiqsak-chi?»

Xo‘sh, shaxsan siz, shunaqa telba-teskari saytda mo‘ljalni to‘g‘ri olib, ro‘yxatdan o‘ta olasizmi? Unda marhamat – mana bu havola orqali kirib, o‘zingizni bir sinab ko‘ring-chi...

O‘QING: O‘zbekiston davlat idoralari saytlarida pornografik ma’lumotlar borligi aniqlandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!