Eng innovatsion mamlakatlar reytingi bilan tanishing

  •   DiMaX
  •  1350
  •  26.01.2019 15:43

Eng innovatsion mamlakatlar reytingi bilan tanishing

Bloomberg nashri Davos iqtisodiy forumi ochilishi arafasida dunyodagi eng ilg‘or mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Unda jami 200 ta davlat orasidan eng innovatsion bo‘lganlari tanlab olingan.

O‘QING: Mobil internet tezligi WI-FI dan yuqori bo‘lgan 33 ta mamlakat

Innovation Index reytingini tuzishda ko‘plab mezonlar inobatga olingan. Jumladan – patentlar borasida faollik, oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining foizi, har bir million aholiga nisbatan ilmiy xodimlar soni singari.

Shunday qilib, eng innovatsion deb e’tirof etilgan yigirmata davlat ro‘yxati quyidagicha:

  1. Janubiy Koreya
  2. Germaniya
  3. Finlyandiya
  4. Shveysariya
  5. Isroil
  6. Singapur
  7. Shvetsiya
  8. AQSh
  9. Yaponiya
  10. Fransiya
  11. Daniya
  12. Avstriya
  13. Belgiya
  14. Irlandiya
  15. Niderlandiya
  16. Xitoy
  17. Norvegiya
  18. Buyuk Britaniya
  19. Avstraliya
  20. Kanada

Aytish kerakki, Bloomberg saytida ushbu reytingdagi 60-o‘ringacha bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilingan va unda hozircha O‘zbekiston nomi yo‘q.

O‘QING: Vazir: dunyoning 50 ta eng kuchli mamlakati qatoridan joy olishni ko‘zlaganmiz