Eng kuchli Android smartfonlar reytingi (AnTuTu)

Eng kuchli Android smartfonlar reytingi (AnTuTu)

GeekBench'dagi dastlabki sinov natijalari MediaTek Dimensity 9000 chipi Qualcomm Snapdragon 8 Gen1'dan o‘zib ketishi mumkinligini ko‘rsatdi, biroq mart oyidagi AnTuTu ro‘yxatidan ma’lum bo‘lishicha, Qualcomm yana jadvalda ustunlik qilmoqda. 

O‘nta qurilmadan sakkiztasi Qualcomm'ning so‘nggi flagman chipi bilan jihozlangan. MediaTek bu yil sezilarli yutuqlarga erishdi, aslida birinchi marta reytingda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. 

Red Magic 7 smartfoni 1 milliondan ortiq ball bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka IQOO 9 cyeriyasi yakun yasab berdi. To‘rtinchi o‘rinni Dimensity 9000 chipida ishlovchi Redmi K50 Pro egalladi. Qurilma bir milliondan biroz kamroq ball to‘plagan. Oltinchi o‘rinni xuddi shu Mediatek platformasi bilan jihozlangan Oppo Find X5 Pro smartfoni egalladi. 

Dimensity 9000 va Snapdragon 8 Gen1 chiplaridan boshqa hech bir platforma top 10 talikka kira olmadi. Exynos 2200 chipi bilan jihozlangan Samsung Galaxy S22 Ultra fevral oyidagi ro‘yxatda paydo bo‘ldi, biroq bu holat uzoq davom etmadi. 

So‘nggi ikki yil ichida MediaTek birinchi navbatda byudjet va o‘rta diapazonli qurilmalar bozoriga e’tibor qaratdi, u yerda tezlik bilan bozor ulushining katta qismini qo‘lga kiritdi va keyin flagman segmentiga o‘tdi. 

Dimensity 9000 chipi 4 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, u bitta Cortex-X2, uchta Cortex-A710 va to‘rtta Cortex-A510 yadrolarini o‘z ichiga oladi.

O‘QING: O‘zbekistonda qaysi mobil o‘yinlar trendda? 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!