Eng kuchli kameraga ega smartfon, nihoyat suratga olib ko‘rdi

Eng kuchli kameraga ega smartfon, nihoyat suratga olib ko‘rdi

4 oktyabrda Samsung'ning Galaxy Note 8 DxOMark'ning tadqiqotlariga ko‘ra, jahonning eng yaxshi kamerafoni, deb topilgan edi. Undan keyingi o‘ringa esa Apple'ning iPhone 8 Plus smartfoni surat olishda tengsiz deb e’tirof etilgan. Biroq, Samsung va Apple smartfonlarining kamera imkoniyatlariga berilgan bu baho hamda e’tirof qisqa muddat ichida boshqa bir kamerafon tomonidan tortib olindi.

5 okyatbrda DxOMark fotografiya laboratoriyasi tomonidan yangi taqdim qilingan Google Pixel 2 va Google Pixel 2 XL gadjetlarining kamera imkoniyatlari o‘rganildi. Bir xil kamera modullari va texnologiyasiga ega Google Pixel 2 va Pixel 2 XL devayslarining kameralari bir ovozdan 98 ball olib, 94 ball olgan Galaxy Note 8 va iPhone 8 Plus'ni "mag‘lub" qildi.

DxOMark'ga ko‘ra, Pixel smartfonlari keng dinamik diapazonga egaligi, har qanday sharoitda yaxshi suratga olishi, detallarga boy suratlari va kuchli yoritish tizimi bilan, portret janrida yuqori imkoniyatlarga egaligi bilan tengsiz.

Quyida Pixel smartfonlari olgan suratlarni tomosha qiling.

Bosh kameralarning aniqligi 12 megapikselli, old kamera esa 8 megapikselli. Dual-pixel sensorlarga ega modullar hisobiga orqa fonni g‘ira-shira qilish mumkin.

Kamera bir vaqtning o‘zida ham elektron, ham optik barqarorlashtirish tizimlariga ega bo‘lgan. Bu esa har qanday sharoitda qo‘lda yaxshi tasvirlar olish imkonini beradi. Mazkur texnologik xususiyat hozircha bozordagi biror smartfonda yo‘q.

 

Kameradagi Motion Photos funksiyasi Apple'ning Live Photos funksiyasiga o‘xshaydi va unda "jonli" suratlar olish mumkin. Smartfon bunda 3 sekundli qisqa roliklar ham yozib, keyin eng yaxshi kadrlarni tanlaydi va sifatli surat tayyorlaydi.

Endi "Portret" rejimi ham old, ham bosh kamerada joriy qilingan. Ahamiyatli jihati shundaki, endi bu rejimda nafaqat odamlarni, balki binolarni ham orqa fonini xiralashtirib suratga olish mumkin.


Google Pixel 2 smartfoni standart formadagi 5 dyuymli hamda Full HD (1920 x 1080 pikselli) sig‘imli OLED-displeyga ega bo‘lgan. Ekran Gorilla Glass 5, 2.5D shishalari bilan qoplangan. Pixel 2 XL esa 6 dyuymli, pOLED-ekranli, tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan va yupqa romli displey bilan ta’minlangan. Uning piksellar sig‘imi yuqori -- QHD (2880 x 1440 belgiga teng). Ekran 3D shaklidagi Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan. Har ikkalasi kuchli protsessorga ega bo‘lgan.

Batafsil o‘qing: Google rasman Pixel 2 va Pixel 2 XL'ni taqdim qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!