Eng kuchli kamerali smartfon jonli suratlari tarqatildi

Eng kuchli kamerali smartfon jonli suratlari tarqatildi

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida shu yili taqdim qilinishi kutilayotgan Motorola Frontier smartfoni kamera moduli tushirilgan jonli surati tarqatib yuborildi. Suratdan ko‘rish mumkini smartfon biroz egilgan qirralarga ega bo‘ladi. Uning kamera moduli esa bir qarashda Xiaomi 12 seriyasidagi smartfonni eslatib yuboradi.

Ko‘rish mumkinki, asosiy kamera yuqorida, ikkita boshqa kamera sensorlari esa uning pastida joylashgan. Kamera moduli chetida LED chiroq, uning tagida esa "200MP HP1 OS f/2.2" matni tushirilgan va albatta, bu asosiy kamera sensori o‘lchamini bildiradi.

Motorola Frontier mish-mishlarga ko‘ra, 6.73 dyuymli P-OLED FHD+ 144Hz displeyi bilan ta’minlanadi. Undagi muhim yangiliklardan yana biri, smartfon Qualcomm iyun oyi boshida taqdim qilishi kutilayotgan Snapdragon 8 Gen 1 Plus protsessoriga ega bo‘ladi. 200MP orqa kamera bilan 50MP ultra-keng va 12MP telefoto kamerasi ham bo‘ladi. Old kamerasi esa 60MP bo‘ladi. Shuningdek, 12 GB operativ va 256 GB doimiy xotira, 4500 mAh batareya va 125W zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Xiaomi 12 vs Galaxy S22 - qay birini sotib olgan ma’qul?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!