Eng “ochofat” Android ilovalar ro‘yxati e’lon qilindi

Eng “ochofat” Android ilovalar ro‘yxati e’lon qilindi

Avast Software mutaxassislari Android platformasiga mo‘ljallangan ilovalarni o‘rganib chiqib, eng ko‘p zaryad sarflaydigan ilovalar ro‘yxatini e’lon qilishdi, deb yozmoqda Hi-Tech.Mail.Ru nashri. Eng qizig‘i, ko‘plab mutaxassislar tomonidan sezilarli darajada ko‘p quvvat iste’mol qilishi aytilgan Facebook va Facebook Messenger ilovalari negadir ushbu resurs ekspertlari tuzgan ro‘yxatdan o‘rin olmagan.

Fon rejimida eng ko‘p zaryad iste’mol qiladigan ilovalar:

Mazkur reytingda Samsung telefonlariga o‘rnatilgan ilovalar ro‘yxatning yuqorisidagi 4 ta o‘rinni band etishgan: Wi-Fi orqali boshqa Samsung mobil qurilmalaridagi kontentni ko‘rishga xizmat qiladigan Samsung Link ilovasi fon rejimida eng ko‘p quvvat sarflaydigan ilova deb topilgan. Undan keyingi o‘rinlarda dastur yangilanshiga yordam beradigan  Security Policy Updates, shtrix-kodlarni uzatadigan Beaming Service va ChatON messenjeri egallangan.

Yuqoridagi ilovalar avtomatik tarzda ishga tushiriladi, shuning uchun sozlalmalarda ularning faoliyatini cheklash tavsiya qilingan.

Ish rejimida eng zaryad iste’mol qiladigan ilovalar:

Samsung WatchON ish rejimida eng ko‘p quvvat sarflaydigan ilova sifatida belgilangan. Ushbu ilova ko‘plab Samsung smartfonlariga o‘rnatilgan bo‘lib, distansion pult vazifasini bajarishga xizmat qiladi.

Avtraliya mobil operatori Telstra‘ga qarashli ilova ikkinchi, sotish va sotib olish platformasi OLX ilovasi uchinchi o‘rinda kelmoqda. Snapchat ijtimoiy tarmog‘i va Tinder tanishuv servisi ilovalari ulardan keyingi pog‘onani band qilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!