Eng ommabop 10 smartfon (19-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (19-hafta)

Smartfonlari chartimizdagi 10 ta o‘rindan 6 tasini band qilgan Xiaomi 19-haftada ommaboplik bo‘yicha mutlaq g‘olib bo‘ldi.

Yaqin orada taqdim qilinishi kutilayotgan Poco F2 Pro birinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Kompaniya chiqargan tizerlar muxlislar e’tiborini bu qurilmaga qarata oldi.

O‘tgan haftadagi yetakchilar Redmi Note 9 Pro va Apple iPhone SE (2020) lar bir o‘rindan pastladi.

18-haftadagi reytingi ko‘tarilgan Redmi Note 9S va Note 8 Pro'lar mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni band etdi.

Ular ortidan Samsung Galaxy A51 va Redmi Note 8 ergashdi.

Huaeei P30 Pro New Edition esa o‘z nomini sakkizinchilikka yozdirib qo‘ydi. Ushbu smartfon haqida kompaniya hafta boshida ma’lumot bergandi.

To‘qqizinchi o‘rin Xiaomi Mi Note 10 Lite'ga nasib qildi. Oxirgi o‘rin esa eng so‘nggi donalari sotilayotgan va o‘ta arzonlab ketgan Samsung Galaxy S8'ga tegdi.

O‘tgan galgi chartimizda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan Xiaomi Mi 10 Youth va Huawei nova 7 Pro'lar bilan xayrlashdik. LG Velvet va OnePlus 8 Pro'lar ham bu safar ko‘rinish bermadi.

Shunday qilib, 19-haftadagi top o‘n smartfon reytingi Xiaomi'ning 6 ta, Samsung'ning 2 ta, Apple'ning 1 ta va Huawei'ning 1 ta smartfonidan iborat bo‘ldi.

Xiaomi Poco F2 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Apple iPhone SE (2020)
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 9S
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Huawei P30 Pro New Edition
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi Note 10 Lite
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S8
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (18-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!