Eng ommabop 10 smartfon (24-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (24-hafta)

Samsung Galaxy A51 birinchilikni faqat bir hafta egallab turdi xolos. Bu gal Redmi Note 9 Pro yetakchilik qilmoqda. Galaxy A51 — ikkinchi. Top uchlikni Redmi Note 9S yakunlab berdi.

Rasmiy taqdimotiga hali bir necha muddat bor bo‘lsa-da, OnePlus Z smartfoniga qiziqish kattaligi ko‘rinib turibdi — to‘rtinchi o‘rin. Chartimizning qo‘q o‘rtasini esa Redmi Note 8 Pro band qilib turibdi.

Oltinchi o‘rinda esa endigina «tandirdan uzilgan» Redmi 9, yettinchi o‘rinda esa Redmi Note 8.

Samsung Galaxy A71 esa sakkizinchi o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa, Redmi Note 9 bir necha haftalik «tanaffus»dan so‘ng yana bizni yana yo‘qlab, to‘qqizinchi o‘ringa o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.

To‘rt hafta davomida to‘qqiznichilikni o‘z nomiga o‘tkazib olgan iPhone SE (2020) bu gal ro‘yxatimizga yakun yasab berdi.

Bu esa vivo X50 Pro+, Samsung Galaxy M31 va o‘tgan safargi reytingimizdagi yana ikkita vakil bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keldi, degani.

Shunday qilib, yigirma to‘rtinchi haftada Xiaomi'ning oltita, Samsung'ning ikkita, OnePlus'ning bitta va Apple'ning bitta smartfoni top o‘ntaligimizni tashkil etdi.

Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 9S
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
OnePlus Z
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi 9
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Redmi Note 9
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone SE (2020)
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (23-hafta) 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!