Eng ommabop 10 smartfon (26-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (26-hafta)

Ortda qolgan yigirma oltinchi haftada chartimizdagi eng ommabop top uch smartfon o‘zgargani yo‘q. Redmi Note 9 Pro Samsung Galaxy A51 va Redmi Note 9'dan oldinda turibdi.

Galaxy A71 esa bir pog‘ona ko‘tarilib, to‘rtinchilikni band etishga erishdi. Ro‘yxatimizga yangi qo‘shilgan Realme C11 esa muxlislardan beshinchi o‘rinni egallash darajasida ko‘p e’tibor qozondi.

Xiaomi'ning Redmi Note 8 smartfoni oltinchi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, Note 8 Pro bu gal ko‘rinish bermadi.

Realme'ning yana bir smartfoni — Narzo yettinchi o‘ringa o‘z nomini yozdirib qo‘ydi. Sodda qilib aytganda, bu smartfon Realme 6s'ning Indoneziya uchun chiqarilgan varianti hisoblanadi.

Samsung Galaxy M31 va A21s'larga ham top o‘ntaligimizdan joy olish nasib qilib, ikki qurilma mos ravishda, sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarga joylashdi.

OnePlus tizerlar aksiyasini boshlab yuborgani bois OnePlus Nord ikkinchi marta ham chartimizga kira oldi — o‘ninchi o‘rin.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, o‘tgan haftada top o‘ntalikdan joy olgan Redmi 9, Redmi Note 8 Pro va Redmi Note 9S'lar bilan bu gal ko‘rishmadik. Xiaomi'ning ro‘yxatimizdagi dominantaligi ancha kamaydi.

Shunday qilib, yigirma oltinchi haftada trendda bo‘lgan top o‘n smartfonning to‘rttasi Samsung, uchtasi Xiaomi, ikkitasi Realme va bittasi OnePlus kompaniyalariga tegishli qurilmalar bo‘ldi.

Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 9
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Realme C11
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘talikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Realme Narzo
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘talikka kirmagan
Samsung Galaxy M31
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy A21s
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
OnePlus Nord 5G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘talikka kirmagan

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (25-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!