Eng ommabop 10 smartfon (28-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (28-hafta)

Yigirma sakkizinchi hafta ham ortda qoldi. Yakullangan hafta Poco M2 Pro smartfonining taqdim qilinishi bilan esda qolarli bo‘ldi. Yangi qurilma ommaga ko‘rsatilishi bilan hammaning e’tiborini o‘ziga tortib, bizning chartimizda birinchi o‘rinni egalladi va Redmi Note 9 Pro'ni taxtdan ag‘dardi.

Galaxy A51 top uchlikka yakun yasadi. Redmi Note 9 esa bir o‘rin pastlab, to‘rtinchi o‘rinni band qildi.

O‘ntalikning qoq markazida Galaxy A71, undan keyin esa Redmi Note 8 turibdi — har ikki smartfon ham o‘tgan galgi reytingini saqlab qolgan.

O‘zaro o‘rin almashgan Galaxy A21s va OnePlus Nord'lar bu safar mos ravishda yettinchi va sakkizinchilikni band qilib turibdi.

Ro‘yxatimizga yakun yasagan oxirgi ikki smartfon Galaxy M31 va Redmi 9'lar bo‘ldi.

Realme C11 va X3'lar bilan xayrlashdik va ushbu chartimizda bu yosh brendning biror bir smartfoni ko‘rinish bermadi.

Xullasi kalom, yigirma sakkizinchi haftadagi reytingimiz Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 4 ta va OnePlus'ning bitta smartfonidan tarkib topdi.

Xiaomi Poco M2 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 9
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A21s
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
OnePlus Nord
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy M31
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Xiaomi Redmi 9
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (27-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!