Eng qimmat OnePlus 6: hashamdorlikni yoqtiradiganlar uchun

  •   Saroy
  •  900
  •  14.09.2018 17:27

Eng qimmat OnePlus 6: hashamdorlikni yoqtiradiganlar uchun

Fransuzlarning Hadoro kompaniyasi OnePlus 6’ning qimmat versiyasini chiqarishdi. Qurilmaning tashqi ko‘rinishi ham o‘ziga xos tarzda tayyorlangan.

Hadoro ustalari OnePlus 6’ning korpusini o‘zlari ishlab chiqargan Aero Damascus Carbon materiali bilan qoplashdi. Bu «qatlama pirog» 36 qat  uglerod tolasi va alyuminiy bo‘lib ajoyib to‘lqinsimon rasmni o‘zida aks etgan, qolaversa, har bir yangi smartfon har safar sal boshqacharoq ko‘rinadi. Yana bir o‘zgarish OnePlus logotipining nurlanib turishi bo‘lib, tirnalishlarga chidamli bo‘lgan sapfir shishadan yasalgan. Foydalanuvchi agar istasa, smartfon chetiga o‘zining ismini, hayotiy shiorini yoki boshqa istagan matnni  gravira qilsa bo‘ladi.

O‘QING:OnePlus 6T: flagmanning dizayni va tavsifi oshkor bo‘ldi

Boshqa tomonlari o‘sha flagmancha tavsifi bilan OnePlus 6 ( 8/256 GB versiyasi) va quloqchin uchun 3.5-mm tirqish. Darvoqe ushbu tirqish keyingi chiqadigan  OnePlus 6T modelida bo‘lmaydi.

O‘QING:OnePlus 6T smartfoni taqdimotidan bir oy avval sotuvga chiqdi

Hadoro OnePlus 6 Carbon avvaldan buyurtma beruvchilar uchun 2700 yevro, deyilmoqda xabarda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.