Eng xavfli Android-viruslar-4: Faketoken

  •   DiMaX
  •  1250
  •  03.01.2018 15:33

Eng xavfli Android-viruslar-4: Faketoken

Android operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi qurilmalarga tushishi ehtimoli bo‘lgan viruslar mavzusidagi navbatdagi maqolani e’tiboringizga havola etmoqdamiz. Bu borada avvalgi – Triada virusi xususidagi maqolamizni mana bu, Marcher «bank troyani» haqidagisini mana bu, Loki to‘g‘risidagi maqolani esa mana bu havolalar orqali o‘qishingiz mumkin.

O‘QING: Android uchun eng zo‘r 8 ta antivirus

Avvalgi maqolalarimizda tavsiflab o‘tilgan viruslar «panadan» ish olib borib, so‘nggi lahzalargacha o‘zining mavjudligini bildirmaydigan bo‘lsa, Faketoken boshqacha – dangalchi virusdir. U boshidanoq smartfon egasidan ma’mur huquqini berishini so‘raydi. Foydalanuvchi rad etsa, u qayta va qayta talab qilaveradi.

Bu dasturiy ta’minot nolegal saytlardan olingan ilovalar bilan birga qurilmaga tushib oladi. Shundan keyinoq u o‘zining mavjudligini bildira boshlaydi.

  • Faketoken troyani sizdan ma’murlik huquqini berishingizni talab etadi. Odatdagidek, bunga rozilik bildirishingiz yoki rad etishingiz mumkin, albatta. Ammo rad javobini bersangiz, Faketoken tizim ma’muri huquqlarini so‘rash oynasini yana chiqaraveradi. Toki smartfon egasi «E, bor-e, nima bo‘lsa bo‘ldi...» deganicha unga huquq berguniga qadar shu hol davom etadi.
  • Shundan so‘ng Faketoken qalqib chiquvchi oynalarni aks ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi hamda SMS yuboruvchi standart ilovaning o‘rnini egallab, uning niqobida namoyon bo‘ladi.
  • Smartfonni zabt etib bo‘lgach, u internetdan o‘zini boshqaruvchi server bilan bog‘lanadi. O‘sha yerdan naq 77 tildagi shablon jumlalarni yuklab oladi. So‘ngra esa ular yordamida qurilma egasiga tahdid qila boshlaydi.
  • Shundan keyin Faketoken tizimda to‘liq ekranli xabar oynachalarini aks ettirishga kirishadi. Bu xabarlar «O‘zingizning Gmail-akkauntingiz logini va parolini kiriting» va «Google Play’da endi bank plastik kartochkalarini biriktirib qo‘yish majburiy bo‘ldi, ma’lumotlarni kiriting» qabilida bo‘ladi. Tabiiyki, bunga erishmagunicha joningizga tegaveradi.
  • Troyan tizimda o‘zini rivojlantirib boradi: SMS-xabarlar yuboradi va qabul qiladi, qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiradi, ilovalarni yuklab oladi va hokazo. Oxirida esa ekranni bloklaydi, ichki xotira hamda microSD-kartadagi barcha ma’lumotlarni shifrlab tashlaydi va ularni ochish evaziga haq so‘raydi.

Faketoken va shu kabi boshqa Android-viruslardan saqlanish uchun, smartfon va planshetlaringizning himoyasini o‘zingiz ta’minlashingiz lozim.

O‘QING: Android-smartfonni viruslardan himoyalaymiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!