Eng yaxshi ekranli smartfon va planshet ma’lum qilindi

Eng yaxshi ekranli smartfon va planshet ma’lum qilindi

Ilg‘or smartfon ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi shiddatli raqobat evaziga biz tobora innovatsion devayslardan foydalanish imkoniga ega bo‘lmoqdamiz. Ular bir-birlarini yaxshilab o‘rganib, texnologiyalarni takomillashtirish choralarini ko‘rishmoqda. Raqobat esa texnik jarayonda misoli rivojlanish dvigateli.

2018 yilning 15 mayi kuni xalqaro Society for Information Display (SID) qo‘mitasi jahonda eng yaxshi ekranga ega bo‘lgan mobil qurilma hamda planshet kompyuterini ma’lum qildi.

Mutaxassislar bu tadqiqot mobaynida smartfon va planshet ekranlarining nafaqat texnik jihatlari, balki foydalanish jarayonidagi holatini ham yaqindan o‘rgandilar. Elektron qurilmalarni yonma-yon qo‘yib, ularning namoyish sifatini taqqosladilar. Qorong‘u hamda yorug‘ sharoitda ekranning tasvir namoyish qilishdagi imkoniyatlari sinchkovlik bilan sinovdan o‘tkazildi. Natijada, 20 tadan ziyod gadjetlar orasidan eng yaxshi ekranli smartfon va planshetlar aniqlab olindi.

Eng ilg‘or planshetlar safida birinchi o‘rinda 10,5 dyuymli iPad Pro gadjetini ko‘rish mumkin. Bu devays 2017 yilda taqdim qilingan. Uning tasvir namoyishi bo‘yicha imkoniyatlari raqiblariga, hatto Super AMOLED-matritsali raqiblarinikidan ham ancha yuqori bo‘lib chiqdi.

Smartfonlar o‘rtasida esa iPhone X flagmaniga teng keladigan gadjet topilmadi. Ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, kuchli ayfonning ekrani tasvirni aniq hamda yuqori yorqinlikda yetkazib beradi, rang tusni uzatishi ham yuqori aniqlikda.

Yuqoridagi har ikkala gadjetda True Tone texnologiyasi tatbiq qilingan bo‘lib, yorug‘lik darajasidan kelib chiqib ekrandagi oq tus balansi va me’yori o‘zgarib turadi.

Aynan True Tone texnologiyasining xizmatlari evaziga Apple plansheti hamda smartfoni jahonda eng yaxshi ekranga devayslar deb topilgan. Ular har qanday sharoitda ham tabiiy va yorqin, sifatli tasvir yetkazib bera olishadi. Bozordagi boshqa biror gadjet bunday jihatga ega bo‘lmagan.

Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida ekspertlar ProMotion texnologiyasini ham o‘rganib chiqdilar. Bu funksiya 10 dyuymli planshet ekranidagi ma’lumot almashinuvini 120 Gs.gacha tezlashtiradi. Natijada, surat sezilarli ravishda tiniq va ko‘z uchun yoqimli tusga kiradi.

Shu taxlit, minimal dizayndagi romlar, ekran uchun mo‘ljallangan HDR texnologiyasi, True Tone funksiyasi hamda ProMotion (iPad) kabi yechim va yondashuvlar sababli iPhone X va iPad Pro 10,5″ sayyoramizning "eng tiniq" elektron qurilmalariga aylanishdi.

Eslatib o‘tamiz, iPhone X yurtimizda 8 292 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda. Shu bilan birga, 10,5 dyuymli iPad Pro (Wi-fi, 64 GB, gold) devaysini 5 239 000 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.