Eng yaxshi kompyuter ishlab chiqaruvchilar reytinggi

Eng yaxshi kompyuter ishlab chiqaruvchilar reytinggi

statista.com resursining ma’lum qilishicha, 2017 yilda jahon miqyosida 262.5 million dona kompyuter sotilgan. So‘nggi olti yilda kompyuter savdosi keskin pasayishda davom etmoqda.

Kuni kecha jahonning eng yaxshi kompyuterlarini ishlab chiqaruvchi brendlar reytinggi e’lon qilindi. Unda Apple kompaniyasi kompyuter ishlab chiqarishda jahonning birinchi raqamli brendi deb e’tirof etildi. Uning kompyuterlari 665 ball va ishonchlilik bo‘yicha eng yuqori, ya’ni «A+» darajasiga munosib topildi. Bunda Rescuecom kompyuter ta’mirlash kompaniyasi ustalarining fikr-mulohazalariga tayanilgan. Unga ko‘ra Mac kompyuterlari foydalanuvchilari ustalarga eng kam murojaat qilar ekanlar.

Rescuecom kompaniyasi shakllantirgan reytingda o‘nga yaqin turli brendlarning kompyuterlari yaqindan o‘rganilgan.

Ikkinchi o‘rin 270 ball bilan Samsung Electronics leptoplariga nasib qilgan. Garchi, koreyalik kompaniya Apple apparatlariga qaraganda 2 barobar kamroq ball to‘plagan bo‘lsa ham, uning kompyuterlari ishonchlilik bo‘yicha «A-» darajasiga loyiq deb topilgan.

Lenovo hamda Microsoft kompyuterlar bozorida ishonchli harakat qilmoqdalar va reytingda 3- hamda 4-o‘rinlarni egallashgan. Rescuecom mutaxassislariga ko‘ra, bu kompaniyalar ham ancha sifatli kompyuterlar ishlab chiqarmoqdalar. Misol uchun, Lenovo'ning ThinkPad 13 yoki Microsoft'ning Surface Book 2 devayslari yaxshi sotilmoqda.

Mac kompyuterlarini o‘rgangan ustalar Apple kompyuterlari yuqori standartga ega sifatli devayslar ekanini e’tirof etishdi. Shuning evaziga bo‘lsa kerak kompaniya yildan-yilga ko‘p Mac sotishga muvaffaq bo‘lmoqda.

Misol uchun, Apple 2017 yilning oktyabr va dekabr oylari mobaynida 5.1 million dona Mac kompyuterlarini savdoga chiqargan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!