Eng yaxshi zamonaviy planshet-transformerlar

  •   DiMaX
  •  2963
  •  19.07.2017 16:19

Eng yaxshi zamonaviy planshet-transformerlar

Noutbuk va planshetning «ikkitasi bittada» bo‘lishi – odatda gibrid leptop, transformer yoki noutbuk-transformer deb nomlanadi. Quyida ulardan bizda yaxshi narxga olish mumkin bo‘lgan ikkitasining qisqacha tavsifini bermoqdamiz.

Noutbuk-transformerlar birato‘la oddiy noutbuklarning ham, planshetlarning ham o‘rnini egallashga harakat qilmoqda. Noutbukni planshetga aylantirishning yangicha shakllari ixtiro qilinayotir, u yoki bu shaklning qo‘llanishida yangi sohalar o‘ylab chiqilayotir, lekin mohiyati o‘sha-o‘shaligicha qolayotir. «Transformer» yoki «gibrid» – bu yuqori, ya’ni ekranli qismi butkul teskari tomonga o‘giriluvchi yoki klaviaturali qismidan butkul ajratib olib ishlatiluvchi, shu tariqa planshetga yoki shu kabi qurilmaga aylantiriladigan noutbukdir.

Ushbu soha yangi bo‘lgani va tez rivojlanayotgani uchun ham hozirda unda turli tajribalar sinab ko‘rilmoqda. Masalan, shu paytgacha shakl borasida biror yagona fikrga kelingani yo‘q: qaysi shakli qulay, qay biri noqulay. Chunki kimgadir slayder – surib chiqariladigan klaviaturali va mitti klikpadli shakli ma’qul. Yana birov uchun qismlarning butunlay olib qo‘yilishi o‘ng‘ay, boshqalar uchun oddiygina «kitobcha» ham bo‘laveradi.

Bugun biz ta’limiy va shaxsiy maqsadlar uchun eng mos bo‘lgan, narxlari va texnik ko‘rsatkichlari o‘zaro mutanosib keluvchi gibridlar haqida ma’lumot bermoqchimiz.

Teclast Tbook 16 Power


Operatsion tizim:
Windows 10 Home hamda Android 6.0
Protsessor:
Intel X7 Z8750
Tezkor / Ichki xotira:
8 GB / 64 GB
Ekran o‘lchami:
11,6 dyuym (1920x1080)
Kamera:
5 MP, avtofokusli
Port:
USB 3.0 + USB Type-C
Korpus materiali:
Metall
Akkumulyator:
8500 mA/soat
Narxi:
$309.99 (Sotib olish)

 

Chuwi Hi12


Operatsion tizim:
Full Windows 10
Protsessor:
Intel X5 Cherry Trail
Tezkor / Ichki xotira:
4 GB / 64 GB
Ekran o‘lchami:
12 dyuym (2160x1440)
Kamera:
5 MP, HD + 2 MP
Port:
USB 3.0 + USB 2.0
Korpus materiali:
Metall
Akkumulyator:
10000 mA/soat
Narxi:
$229.99 (Sotib olish)

 Hurmatli o‘quvchilar! Yana qanday qurilmalar haqida ma’lumotlar berishimizni istar edingiz? Bu boradagi fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni [email protected] elektron manzilimiz orqali yuborishingiz mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!