Eng zo‘r – 6,5 dyuymlik iPhone X Plus smartfonini ilk bor videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1972
  •  04.06.2018 12:37

Eng zo‘r – 6,5 dyuymlik iPhone X Plus smartfonini ilk bor videoda ko‘ramiz!

Apple bu yil kuzda uchta yangi ayfon modelini taqdim etmoqchi ekanligi haqida anchadan beri xabarlar yuradi. Kuni kecha taniqli insayder OnLeaks ulardan eng arzonining videosini taqdim etgan edi.

O‘QING: iPhone 9’ning videosi chiqdi: iPhone 8 va iPhone X chatishmasi!

Endi esa shu insayderning o‘zi kupertinolik texnogigantning bu yil chiqaradigan eng katta smartfoni – iPhone X Plus aks etgan videoni ham e’lon qildi. Oldingisidagi kabi, bu gal ham ayfonni «jonli» tarzda emas, balki uning kompyuterda ishlangan uch o‘lchamli modeli namoyish etilgan.

Mana, har tomonlama eng yuqori jihatlarga ega bo‘lgan ushbu ayfonni birga tomosha qilamiz:

Ta’kidlab o‘tish kerakki, OnLeaks taqdim etgan renderlar ko‘pincha keyinchalik rasman tasdiqlanadi. Shunday ekan, kupertinoliklarning iPhone X Plus smartfoni aynan shunday bo‘lishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: Apple smartfonlari Android'lardan qancha oldinda?