Eng zo‘r Telegram-kanallar

  •   DiMaX
  •  21651
  •  30.03.2017 18:10

Eng zo‘r Telegram-kanallar

Tobora ommalashib borayotgan ushbu messenjerda turli yo‘nalishlarga oid minglab kanallar mavjud. Ular orasidan ayrimlarini tanlab, muayyan guruhlar asosida sizga tavsiya etmoqdamiz.

Ular asosan rus tilida, ammo, fikrimizcha, o‘quvchilarimiz uchun bu murakkablik tug‘dirmaydi.

Ingliz tili

  1. «Angliyskiy yazik». Bu kanal yordamida siz ingliz tili bo‘yicha o‘z lug‘at boyligingizni kengaytirishingiz mumkin. Kundalik muloqot uchun yangi jumlalar, iboralar va ularning ma’nolari berib boriladi.
  2. «Sleng Beng!» Bunisi – darsliklarda uchramaydigan iboralar va ko‘cha slenglari kanali.
  3. English for Life. So‘zlar va tasviriy ifodalarni qo‘llanish misollari va tarjimalari bilan berib boruvchi kanal.
  4. Live English. Nafaqat leksika, balki til qoidalari ham grafik, jadval va suratlar ko‘rinishlarida berib boriladigan kanal.
  5. «Uchi angliyskiy». Ingliz tilini o‘rganayotganlar uchun foydali darslar va qoidalar.
  6. Viola. Tilni o‘rganishga yordam beruvchi foydali materiallar.

Tibbiyot va psixologiya

  1. «Namochi mantu». Asosli tibbiyot haqidagi kanal.
  2. «Zapiski yunogo vracha». Tibbiyot to‘g‘risidagi qaydlar va ozroq yumor.
  3. «Medtex». Zamonaviy texnologiyalar va tibbiyot.
  4. «Psixologiya». Inson xulqi, tafakkuri, zehni va idroki xususida.

Texnologiya va dasturlash

  1. TechSparks. Ilm-fan, gadjetlar va texnologiyalarga bog‘liq hamma narsa.
  2. Geeks. Zamonaviy texnologiyalar haqidagi maqolalar kanali.
  3. Durov’s Channel. Pavel Durov ba’zan Telegram’dagi yangi o‘zgarishlar haqida yozib va rasmlar yuklab turadigan kanal.
  4. «Biblioteka programmista». Dasturchilar uchun kitoblar, kurslar, havolalar va boshqa foydali materiallar.
  5. Microsoft Developer. Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar va yangi texnologiyalarga qiziquvchilar uchun Microsoft kanali.
  6. For web. Dasturchilar, sahifalovchi va dizaynerlar uchun qiziqarli materiallar.
  7. Rudevandroid. Android uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish haqidagi kanal.
  8. Pythonista. Python tili haqida materiallar va tayyor loyihalarga havolalar.
  9. PS Tips: Creative & Amazing. Photoshop’da ishlash bo‘yicha maslahatlar va dizayn haqida qaydlar.
  10. Terabayt.Uz. Texnologiyalar olami yangiliklari, zamonaviy gadjetlar tavsiflari, narxlari va ularga oid maslahatlar kanali.

Fizika, matematika, astronomiya

  1. Physh. Fizika va astronomiya xususidagi kanal.
  2. Physics. Fizika ixlosmandlari uchun ozroq nazariya va ko‘proq GIF-fayllar.
  3. Astronomy. Astronomiya va fazo haqida oddiy tildagi tushunarli materiallar.
  4. «Geometriya-kanal». Bu kanalda har kuni geometriyaga oid bitta yangi masala, ertasiga esa uning yechimi berib boriladi.
  5. Wolfram Alpha. Murakkab masalalarni yechish uchun bot-kalkulyator.

Turli yo‘nalishlar

  1. Layfxaker. Mashhur saytning kanali, unda saytdagi yangi materiallar xususida xabar qilib boriladi.
  2. N+1. Fan va texnologiyalar sohasidagi so‘nggi yangiliklar.
  3. Wiki daily. «Vikipediya»dan har kuni bir chimdim: bitta surat, bitta so‘z va bitta maqola. Hammasi ingliz tilida.
  4. Carzone.Uz. Avtomobillarning batafsil tavsifi va narxlari, bu sohadagi yangiliklar bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi raqamli sayt kanali.

Shuningdek, Telegram’dagi eng yaxshi botlar haqidagi maqolamizga va ularning 2-to‘plamiga ham nazar solishingizni tavsiya etamiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!