Yer dumaloq, Galaxy Note 20 esa ...

Yer dumaloq, Galaxy Note 20 esa ...

«Aristotel aytgan: Yer dumaloq,
Icecat aytgan: Samsung Galaxy Note 20 yassi».

Ishonchli informator Ice Universe o‘z Twitter sahifasida yuqoridagi tvitni qoldirdi. Bu esa Galaxy Note 20 smartfoni ekrani qayrilma emas, balki yassi bo‘lishini ko‘rsatadi. Bu Samsung'ning oxirgi besh yildan buyon birinchi marta yassi ekranli Galaxy Note smartfoni chiqarishidir. Note seriyasining eng oxirgi yassi ekranli vakili Galaxy Note 5 edi.

Note 5'dan keyingi barcha Note'lar qayrilma ekranli bo‘lib kelgan. Shundan keyin, hatto S modellari ham qayrilma ekranli qilib chiqarila boshladi.

Ammo Samsung bu strategiyasini qayta ishlab chiqishga qaror qilgani ko‘rinib turibdi. Galaxy S10e, S10 Lite va Note 10 Lite'larning hammasiga yassi ekran qo‘yilgan.

Ammo Galaxy Note 20+ qayrilma ekranli bo‘lishi mumkin. Yuqorida ham misol qilib keltirganimizdek, flagmanlarning faqatgina arzonroq modellari yassi ekranga ega bo‘ladi.

Note 20 juftligi avgust boshida, aniqroq qilib aytsak, 5 avgustda taqdim qilinishi kutilmoqda. Taqdimotda Galaxy Fold 2 ham namoyish qilinishi va bu smartfonda ham Note'larga o‘xshash xususiyatlar bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 20'lar qanday ranglarda bo‘ladi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!