Er sayyorasining dastlabki davrlari: hayot to‘q qizil rangda kechgan

  •   Saroy
  •  650
  •  22.10.2018 11:42

Er sayyorasining dastlabki davrlari: hayot to‘q qizil rangda kechgan

Sayyoramiz paydo bo‘lgan davrlarda uning hayoti yashil rangda kechmagan. Olimlarning ta’kidlashicha, uning  to‘q qizil rangda rivojlangan davrlari ham bo‘lgan.  

O‘sha davrlarda Yer atmosferasida hozirgidek ko‘p kislorod bo‘lmagan. Ona sayyoramizda dastlabki rivojlanish davrlarida havo asosan is kazi va metandan iborat bo‘lgan. Keyinchalik, ya’ni 2,4 milliard yillar o‘tgach, muvozanat  O2 foydasiga o‘zgargan. Olimlar, bunga sabab sianobakteriyalar bo‘lgan, demoqdalar. Ular fotosintez qilish qobiliyatini namoyish qilgan. Ular is gazini yutib hamda Quyosh energiyasini singdirib, tinmay kislorod chiqarib turgan.

Yerda hayotning fotosintezlashgan shakli  “kislorod fojeasi” ga qadar ham bo‘lgan, lekin qanday qilib evolyusiyalashgan va xlorofilldan foydalanishga o‘tganligi ma’lum emas. Xlorofill fotosintezning asosiy pigmenti hisoblanadi, va u quyosh nurining quvvatini tutib qoladi. Amerikalik olimlar Shiladitya Dassarma va Edvard Shvaytermanlarning fikricha, xlorofillgacha asosiy fotosintez pigmentlar, bu retinal hisoblangan.

O‘QING:Osmondan yer ostiga: galaktikani o‘rganish texnologiyasi metrolarda qo‘llaniladi

Moviy va qisman qizil diapazondagi nurlarni yutuvchi xlorofilldan farqli ularoq, retinal spektrning yashil qismini «tutadi». U bakteriorodopsinning bir qismi hisoblanadi va uning yordamida ayrim bakteriyalar fotosintezni amalga oshiradi. U mikroorganizmlar koloniyasiga to‘q-qizil rang beradi.

Olimlarning ushbu taxminlari nafaqat yerdagi hayotning evolyusiyasini tushunish uchun muhim hisoblanadi, balki ular yerdan boshqa sivilizatsiyalarni qidirishda ham qo‘l keladi. Sayyoramizni hamma «yashil sayyora», deb atashadi, lekin uning rivojlanishida «to‘q-qizil» bosqichlari ham bo‘lgan. Bundan tashqari, agar qandaydir ekzosayyorada  fotosintezlashgan hayot shakli mavjud bo‘lsa, demak u retinoldan foydalanayotgan bo‘lsa kerak, chunki u xlorofilldan oddiyroq va koinotda ko‘p uchraydi.

O‘QING:Koinot shaxtyorlari: AQShda yangi kasb paydo bo‘lmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!