Ergeodezkadastrga dronlarni olib kirish va foydalanishga ruxsat berildi. Qolganlarga - yo‘q

Ergeodezkadastrga dronlarni olib kirish va foydalanishga ruxsat berildi. Qolganlarga - yo‘q

Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasiga uchuvchisiz uchar qurilmalarni olib kirish va foydalanish uchun ruxsat berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida aytiladi, deb yozadi Kun.uz.

Xususan, endi qo‘mita huzuridagi «Geoinnovatsion markaz» O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz uchar qurilmalarni olib kirish va foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Oldin ruxsat olgan xorijiy kinokompaniyalar ham O‘zbekiston haqida filmlarni suratga olish uchun vaqtincha dronlarni olib kirish huquqiga ega.

Qolgan barcha uchun dronlarni olib kirish va foydalanish uchun Vazirlar Mahkamasidan maxsus ruxsatnoma olishni talab qiluvchi eski qoidalar qo‘llaniladi.

Yergeodezkadastr, shuningdek, dronlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish, ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, operatorlarni tayyorlashga yordam berish, qurilmalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, ushbu qo‘mitadan dronlarni ijaraga ham olish mumkin bo‘ladi. Biroq, buni faqat Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko‘rsatilgan ruxsatnomasini olgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari amalga oshirishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.