Eronda “Pokemon Go” o‘yini taqiqlandi

Eronda “Pokemon Go” o‘yini taqiqlandi

Eron Islom Respublikasi hukumati mamlakatda smartfonlar uchun mo‘ljallangan “Pokemon Go” o‘yini xavfsizlik nuqtayi-nazaridan taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Qalampir.Uz yozmoqda.

Mazkur qaror Eron xalqining onlayn faoliyatini nazorat qiluvchi rasmiy idora – virtual makon Oliy kengashi tomonidan qabul qilindi. O‘yin xavfsizlikka qanday tahdid qilishi mumkinligi haqida ma’lumot berilmadi.

Ko‘plab mamlakatlarda ushbu o‘yinning salbiy oqibatlari haqida fikr bildirilmoqda. Erondan oldin, Saudiya Arabistoni va Misrda ham “Pokemon Go” o‘yini taqiqlangan edi.

Ma’lumot o‘rnida, “Pokemon Go” 2016 yilning 6 iyulida chiqqan   reallik va virtual hayotni bog‘laydigan kompyuter o‘yini bo‘lib,   Niantic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqildi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.