Ertaga jahondagi barcha Apple logotiplari yashilga bo‘yaladi

Ertaga jahondagi barcha Apple logotiplari yashilga bo‘yaladi

Apple 20 aprel kuni firma do‘konlarida osig‘liq olma mevasi shaklidagi logotipini yashil rangga bo‘yaydi. Boisi har yili aprel oyida an’anaviy nishonlanadigan “Yer shari kuni”ni “Olma” ham shu taxlit qo‘llab-quvvatlaydi.

Ilk marotaba 1970 yilda nishonlangan bu an’ana 1990 yilga kelib xalqaro miqyosdagi aksiyaga aylandi. Bu aksiyaga o‘z hissasini qo‘shish istagida bo‘lgan Apple 20-22 aprel kunlari dunyo miqyosidagi 130 ta rasmiy do‘konlariga ilingan logotiplarini, aniqrog‘i “olma”ning bargini yashilga bo‘yab qo‘ydi. Bu ramziy ishora orqali kompaniya Yer yuzidagi barcha davlatlarni to‘liq qayta tiklanuvchi energiya manbaalariga o‘tishga chorlaydi.

Shuningdek, “Yer shari kuni” munosabati bilan Apple xodimlari xaridorlarning diqqatini atrof-muhitdagi muammolarga jalb qilish maqsadida, yashil rangli futbolka kiyishadi. Shu kuni AQSh do‘konlarida 80% qayta ishlangan mahsulotlardan tayyorlangan qog‘oz-qadoqlardan foydalaniladi.

“Yer shari kuni” ba’zi bir yirik shaharlarda avtomobil yo‘llarini yopish orqali tabiatni havoga tarqaladigan zararli gazlardan himoya qilinadi, hududlar tozalanib, daraxtlar tartibga keltiriladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!