Ertagayoq taqdim etiladigan – jahoning eng innovatsion smartfonini «jonli» videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2020
  •  11.06.2018 11:26

Ertagayoq taqdim etiladigan – jahoning eng innovatsion smartfonini «jonli» videoda ko‘ramiz!

Vivo kompaniyasi o‘zining ko‘plab innovatsion texnologiyalarga ega bo‘lgan yangi smartfonini 12 iyunda taqdim etmoqchi ekanligi haqida yozganmiz. Ushbu qurilma ikki xil versiyada bo‘lib, ular Vivo Nex hamda Vivo Nex S deb ataladi.

O‘QING: Dunyodagi eng innovatsion smartfon: «jonli» suratlar, taqdimot sanasi va rekord narx!

Rasmiy namoyishi arafasida Vivo Nex modelining «jonli» videosi internetga chiqib ketdi. Uning old panelini to‘laligicha ekran qoplab olgan, selfi-kamerasi esa korpusning yuqori qirrasi ichidan chiqadi. Orqa qopqog‘ida bo‘lsa modullari tikka joylashgan qo‘shaloq kamera ko‘zga tashlanadi.

Smartfonning daktiloskopik datchigi korpusning orqa paneliga joylanganini hisobga olsak, bu – Vivo Nex modelidir. U yakka kristalli Qualcomm Snapdragon 710 protsessoriga, 6 GB tezkor hamda 128 GB doimiy xotiraga ega.

Ertaga ushbu model bilan birga Nex S talqini ham namoyish etiladi; unda barmoq izi sensori ekranning o‘ziga integratsiya qilinadi. Shuningdek, mazkur versiya eng ilg‘or Snapdragon 845 chipiga hamda 8 GB hajmli tezkor xotiraga ega bo‘ladi.

O‘QING: Vivo tag‘in oldinda: old kamerasi yuqoridan chiquvchi, skaner va dinamigi romsiz ekranga joylangan ilk smartfon! (+video va fotolar)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.