Yetakchi dasturchilar yilning eng zo‘r o‘yinlari reytingini e’lon qilishdi (+video)

  •   DiMaX
  •  2718
  •  23.03.2019 13:07

Yetakchi dasturchilar yilning eng zo‘r o‘yinlari reytingini e’lon qilishdi (+video)

Keyingi oylarda bir qator yangi o‘yinlar taqdim etildi va dekabrgacha ular yilning eng zo‘r o‘yini nominatsiyasi uchun kurashishlari turgan gap. Ammo hozircha o‘yinlar industriyasida 2018 yilning xitlari yetakchilik qilayotir.

O‘QING: D.I.C.E. Awards 2019: Eng zo‘r o‘yinlar mukofotlandi

Joriy yilning 18–22 mart kunlari San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tgan Game Developers Conference 2019 konferensiyasida ushbu sanoat yetakchilari o‘yinlar reytingini taqdim etishdi. Anjuman doirasida tashkil etilgan Game Developers Choice Awards hakamlari ma’lum qilishlaricha, God of War barcha raqiblaridan o‘zib, dasturchilar nazdida «Yilning eng yaxshi o‘yini» bo‘lgan.

Quyida uning treylerini tomosha qilishingiz mumkin:

GDC ekspertlarining izohlashlaricha, God of War sovrinni «yetuk syujet, qoyilmaqom vizual effektlar va ajoyib jangovar geympley uchun» olgan. 2018 yilning yana bir xit o‘yini – Red Dead Redemption 2 esa «Yovvoyi g‘arbning so‘nggi kunlari muhitini yarata olgani uchun» maqtovga loyiq ko‘rilgan.

O‘QING: 2018 yilning eng zo‘r o‘yin, ilova, kitob, film va seriallarini Google e’lon qildi

Shu tariqa, Game Developers Choice Awards’da turli nominatsiyalar bo‘yicha quyidagi o‘yinlar g‘olib deb topilgan:

  • Eng yaxshi ovoz: Celeste
  • Eng yaxshi debyut: Mountains (Florence)
  • Eng yaxshi dizayn: Into the Breach
  • Eng yaxshi mobil o‘yin: Florence
  • Asosiy innovatsiya: Nintendo Labo
  • Eng yaxshi bayon: Return of the Obra Dinn
  • Eng yaxshi texnologiyalar: Red Dead Redemption 2
  • Eng yaxshi badiiy uslub: Gris
  • Eng yaxshi VR/AR o‘yin: Beat Saber
  • Tomoshabinlarga ma’qul o‘yin: Beat Saber
  • Yilning eng yaxshi o‘yini: God of War

Shuningdek, Game Developers Choice Awards marosimida o‘yin industriyasining ayrim vakillari ham taqdirlangan.

O‘QING: Nintendo dasturchilarni ishga taklif qilyapti: maosh va sharoitlar hayratomuz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!