Yevropada qurg‘oqchilik: nemis fazogiri havotirli fotosuratlarni namoyish qildi

  •   Saroy
  •  1304
  •  13.08.2018 13:00

Yevropada qurg‘oqchilik: nemis fazogiri havotirli fotosuratlarni namoyish qildi

Bu yil Yevropa aholisi iqlimning haddan ortiq isib ketishi va qurg‘oqchilik holatini boshdan kechirdi. Qit’adagi ekstremal ob-havoni koinotdan olingan fotosuratdan ham bilsa bo‘ladi.

Fazogir Aleksander Gerst Xalqaro koinot stansiyasidan  olingan suratlarni doimiy ravishda e’lon qilib boradi. Bu yil u AQSh va Portugaliyadagi o‘rmon yong‘inlarini suratga olib yerliklarga jo‘natdi. Yaqinda esa u o‘zining Tvittere’da qurg‘oqchilik oqibatida Yevropa qit’asidagi ayanchli holatlar tushirilgan fotosuratlarini joyladi.

O‘QING:«Qarzlar kuni»: insoniyat sayyoramiz bir yilda qayta tiklay oladigan barcha zaxirani sarflab bo‘ldi

Gerstning o‘zi suratni “insonni larzaga soladigan tomosha” deb tavsifladi. Yonib ketgan dalalar, o‘rmon yong‘inlari oqibatida paydo bo‘lgan tutun, chang bulutlari — bularning barchasi uzoq Afrikada yoki Osiyoning dashtlarida emas, balki har doim yam-yashil bo‘lib turgan eski qit’ada yuz bermoqda. «Avval yam-yashil bo‘lib ko‘ringan dalalar endi qo‘ng‘ir rangga kirib qolgan. Men bunday manzarani avval ko‘rmagandim», — deydi  astronavt.

O‘QING:Olimlarning boshi qotmoqda: global isishning yangi sababi paydo bo‘ldi

Bu yil yevropaliklarlar uchun anchayin qiyin kechmoqdaKo‘pgina mamlakatlarda termometr ustuni 40, hatto 45 darajagacha ham bordi. Niderlandiyada bir nechta avtomobil shasselari yopildi, chunki asfalt erib keta boshladi., Fransiyada 4 ta yadro reaktorni to‘xtatib qo‘yishga to‘g‘ri keldi. O‘rmon yong‘inlari ham ahvolni yanada yomonlashtirmoqda, yong‘inlardan hozirgacha 130 kishi qurbon bo‘ldi.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!