Yevropaliklar Google'ga muqobil sifatida qaysi qidiruv tizimidan foydalanmoqda?

Yevropaliklar Google'ga muqobil sifatida qaysi qidiruv tizimidan foydalanmoqda?

Yevropa Ittifoqi monopoliyaga chek qo‘yish maqsadida Google'dan Android foydalanuvchilariga qudiruv tizimi va brauzer tanlash imkonini berishni talab qilgach, kompaniya boshqa qidiruv tizimlari uchun auksion o‘tkazdi. 

Shunday qilib, 2019-yil o‘rtasida foydalanuvchilarga o‘zlari xohlagan qidiruv tizimini tanlash imkoni yaratildi. Ushbu o‘zgarish natijasida har bir davlatdagi eng mashhur qidiruv tizimini aniqlash imkoni yuzaga keldi.

Ma’lum qilinishicha, yevropalik foydalanuvchilar uchun Google'dan keyingi eng ommabop qidiruv tizimi maxfiylikka urg‘u beruvchi DuckDuckGo'dir. 

Biroq vaziyat Buyuk Britaniyada biroz boshqacha bo‘ldi. Inglizlar Bing'ni afzal ko‘rishgan. Vaholanki, Microsoft'ning qidiruv tizimi boshqa mamlakatda top uchtalikka kira olmagan.

DuckDuckGo'dan keyingi o‘rin Info.com'ga nasib qildi. Shuningdek, PrivacyWall, Qwant va Yandex'lar ham eng ommaboplardan bo‘lgan.

O‘QING: Google oddiy kompyuterlar 10 ming yilda ham bajara olmaydigan amalni atigi 3 daqiqada bajaruvchi kompyuter yaratdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!