Facebook akkauntingiz buzib kirilganini aniqlashning eng oson yo‘li

  •   DiMaX
  •  2273
  •  15.10.2018 18:27

Facebook akkauntingiz buzib kirilganini aniqlashning eng oson yo‘li

Esingizda bor, yaqinda – sentyabrning oxirrog‘ida bir guruh xakerlar Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi millionlab akkauntlarga kirish «tirqish»ini topishgan. Shu orqali profillarga buzib kirishlarning oldini olish uchun Facebook vakillari 90 millionta akkauntning saqlangan sessiyalarini uzishgan edi.

O‘QING: «Oq xaker» Sukerbergning akkkauntini buzishdan voz kechdi – Facebook uning «og‘zini moyladi»!

Endi esa kompaniya tarmoqdagi aynan qancha akkauntga xakerlar hujum qilganligini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dastlabki xabarlarda aytilganidek 50 million emas, balki 29 million foydalanuvchining profiliga xakerlar kirishgan.

Xo‘sh, ushbu ro‘yxatda o‘zingizning ham akkauntingiz bor-yo‘qligini bilmoqchimisiz? Facebook ma’lumot markazi buning uchun maxsus sahifa yaratgan, unga mana bu havola orqali kirasiz. Uning oxirigacha tushib borsangiz, och ko‘k fonli maydonchada bu haqda ma’lumot berilgan. To‘g‘ri, unda faqat inglizchada yozilgan, ammo akkauntingiz xakerlar hujumiga uchragan yo uchramaganini bilish qiyin emas. Agarda profilingizga hujum qilinmagan bo‘lsa, o‘sha ma’lumot mana bu ko‘rinishda bo‘ladi:

O‘QING: Facebook foydalanuvchilardan o‘z yalang‘och rasmlarini jo‘natishlarini so‘rayapti!

Bordiyu akkauntingizga xakerlar buzib kirishgan bo‘lsa, ma’lumot mana bu tarzda aks etadi:

Bu yerda yozilishicha, xakerlar ushbu profilning nomini, elektron pochta manzili va telefon raqamini bilib olishgan, ammo parollarni hamda bank kartalari haqidagi ma’lumotlarni olishmagan.

Har ehtimolga qarshi, Facebook parolingizni almashtirib, akkauntingiz himoyasini kuchaytirib qo‘yish zarar qilmaydi.

O‘QING: Twitter va Facebook’dagi akkauntlarni himoya qilish

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!