Facebook yana 3 mingta odamni ishga olishini ma’lum qildi

Facebook yana 3 mingta odamni ishga olishini ma’lum qildi

Bir necha milliard nafar foydalanuvchiga ega Facebook mutasaddilari har kuni 1 millionta profilni turli sabablar bois yopishadi. Bu to‘g‘rida kompaniyaning xavfsizlik bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Aleks Stamos CNBC telekanaliga ma’lum qilgan.

Stamosning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq shu orqali foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlashga harakat qilmoqda.

Facebook’ning 2 milliardddan ziyod foydalanuvchisi borligini hisobga olsak, dasturchilar tizimda xavfdan xoli, to‘liq musaffo iqlimni yarata olmaydilar. So‘nggi vaqtlarda hukumatlar feysbukda in qurib olgan terroristik va ekstremistik kuchlardan xavotirga tushmoqdalar. Bu kabi guruhlar o‘z g‘oyalarini tarmoqda osonlik bilan yoyishga erishmoqdalar.  

Bunga nisbatan Facebook asoschisi Mark Zukerberg tez orada kompaniyaga yana 3 mingta odam ishga olinishi va ular aynan haqoratomuz hamda kamsituvchi, buzg‘unchi kontentga qarshi kurashishlarini ma’lum qilgan. Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Facebook 17 mingdan ziyod xodimlarga ega.