Facebook’da Dislike o‘rniga Emoji smayliklari

Facebook’da Dislike o‘rniga Emoji smayliklari

O‘tgan hafta jahondagi eng yirik Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Dislike tugmasi paydo bo‘lishi haqida Mark Sukerberg xabar bergan edi. Facebook vakili Adam Mosseri Re\Code vakillari bilan muloqotda Dislike ko‘pchilik tasavvur qilganidan o‘zgacha bo‘lishini aytdi.

Juda ko‘p ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar va voqea-hodisalarga munosabat bildirishning birgina yo‘li bor – “layk” (yoqdi) tugmasini bosish. Ammo barcha xabarlar ham pozitiv mazmunda bo‘lavermasligi mumkin. Masalan, baxtsiz hodisa haqida axborot berilganda “yoqdi” deya munosabat bildirish g‘alatidir, bu hol o‘zbek foydalanuvchilarining ham muhokamalariga ko‘p bor mavzu bo‘lgan. Facebook esa bu masalani hal qilishni ko‘zlagan.

Hozir esa Facebookda yangiliklar tasmasiga yangicha smayliklar bilan munosabat bildirish funksiyasi sinab ko‘rilmoqda. Qizig‘i shundaki, bu ro‘yxatda Sukerberg xabar bergan Dislike yo‘q. Bu haqda kompaniya noaniq javob berish bilan kifoyalandi. Dislike yo‘qligi haqida ayrim mulohazalarni bildirish mumkin: foydalanuvchiga baxtsiz xabar yoqmaydi (u yangiliklar tasmasida bu xabarni ko‘rgisi yo‘q) yoki foydalanuvchi xafa holda, ammo bu xabarni ko‘pchilikka bildirishni istaydi.

Shuningdek, Mosseri amaldagi smayliklar vaqt o‘tib o‘zgarishi mumkinligini bildirdi.