Facebook’da tarqalgan tuhmatga Davlat soliq qo‘mitasi oydinlik kiritdi

  •   DiMaX
  •  480
  •  22.04.2019 09:42

Facebook’da tarqalgan tuhmatga Davlat soliq qo‘mitasi oydinlik kiritdi

2019 yil 20 aprel kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida «Namangan shahrida Soliq inspeksiyasi xodimlari tadbirkorni hujjatini qo‘shni kafeda taftish qilmoqda!» mazmunida xabar tarqalgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati mazkur xabarda keltirilgan holatlarni o‘rganib, unga o‘z munosabatini bildirdi.

O‘QING: Facebook gadjetlaridagi sirli «Masonlar bitiklari» foydalanuvchilarni cho‘chitib yubordi

Mazkur holat mas’ul mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi. 2019 yil 20 aprel kuni Namangan shahar davlat soliq inspeksiyasi «Qo‘shimcha daromadlarni aniqlash va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo‘limi» jismoniy shaxslar bilan ishlash sho‘’basi Davlat soliq katta inspektorlari A.Samatov va N.Karimovlar tomonidan Namangan shahar, «Haqiqat» MFY, Boburshoh ko‘chasi, 88-uyda joylashgan, fuqaro H.Rahmonovga tegishli savdo shoxobchasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, soliq to‘lovchini pasportlashtirish tadbiri o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va shaffofligini ta’minlash uchun ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Pasportlashtirish – tekshirish emas! U davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladigan ko‘zdan kechirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladigan profilaktik tadbir. Bunda soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashishga, ya’ni tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ko‘rsatib o‘tilgan vajlar maxsus guruh tomonidan o‘rganilganda o‘z tasdig‘ini topmadi. Davlat soliq xizmati xodimlari hamda tadbirkor o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik sodir bo‘lmagan.

Muallif va mavzu yuzasidan qoldirilgan postda DSXO xodimlarining obro‘sizlantirish va tuhmat qilish alomatlari borligi ma’lum bo‘ldi. Davlat soliq qo‘mitasi fuqarolarning tizimiga oid taklif-mulohaza va fikrlarini qadrlaydi hamda sohada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik bilan hamkorlik qilishga doim tayyor, lekin faqat tuhmat bilan emas!

Eslatib o‘tamiz, yolg‘on ma’lumot yetkazish, tuhmat belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi, deydi DSQ Matbuot xizmati.

O‘QING: O‘zbekistonlik Facebook foydalanuvchisi bo‘htoni uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi