Facebook “ehson qilish” tugmasini ishga tushirdi

Facebook “ehson qilish” tugmasini ishga tushirdi

Ijtimoiy tarmoqlarning eng yirigi bo‘lgan feysbuk shu kunlarda Donate Now (“ehson qilish”) tugmasini va xayr-ehsonlarni to‘plovchi maxsus sahifani ishga tushirdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning rasmiy portalida xabar qilinadi. Eslatib o‘tish kerakki, “ehson qilish” tugmasi Facebookda ikki yil avval paydo bo‘lgan, ammo undan ijtimoiy tarmoqdagi barcha emas, cheklangan a’zolargina foydalana olar edi. Endi kompaniyaning bu xizmatidan hamma foydalana oladi, chunki yangiliklar lentasi va postlarda bu tugma ko‘rinib turadi. Ehson tugmasini bosilganda rekvizitlar va ehson qilinayotgan mablag‘ni yozish oynasi ochiladi. Interfeys kompyuter ilmidan bexabar shaxs ham tushunsa bo‘ladigan qilib yaratilgan. Bu amalni lentaga joylab do‘stlarga ulashish mumkin.

Yana bir yangilik turli xayr-ehson loyihalari tuzish imkonini beradigan maxsus sahifa paydo bo‘lganidir. Uning nomi Fundraiser. Sahifa ichiga foydalanuvchilarning avval bergan ehsonlari yozilib boradi.

Ayni paytda faqat AQShda yashovchilar tarmoqning yangi imkoniyatdan foydalana olishadi. Chunki loyiha, hozircha, sinab ko‘rilmoqda. Ikkala xizmatning sozlash ishlari tugallangach, butun dunyo foydalanuvchilari uchun “ehson qilish” imkoniyati taqdim etiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!