Facebook endi sizga tekin Wi-Fi nuqtalarini topib beradi

  •   DiMaX
  •  1854
  •  02.07.2017 13:50

Facebook endi sizga tekin Wi-Fi nuqtalarini topib beradi

Endilikda bepul Wi-Fi ulanish nuqtalarini siz uchun Facebook’ning o‘zi izlab topadigan bo‘ldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning o‘zida uning injeneriya bo‘yicha direktori Aleks Ximel xabar bergan.

Umuman olganda, Facebook bepul Wi-Fi ulanish nuqtalarini izlash funksiyasini o‘tgan yildayoq sinovdan o‘tkaza boshlagan edi. O‘shanda u faqat iOS tizimli qurilmalarda va ayrim hududlardagina amal qilar edi. Endi esa ijtimoiy tarmoq jamoasi mazkur imkoniyatni xalqaro ko‘lamda taqdim etishga qaror qilgani haqida xabar berdi. Bu funksiya endi iPhone’lardagi Facebook ilovasida ham, Android tizimida ishlovchi qurilmalar uchun ishlab chiqilgan ilovada ham amal qiladi.

Mazkur funksiyani ishga tushirish uchun ilova sozlamalarini ochib, «Qo‘shimcha» («Dopolnitelno» – «More») varaqasiga kirasiz. O‘sha yerdagi  «Wi-Fi topish» («Nayti Wi-Fi» – «Find Wi-Fi») bandini bossangiz, yaqin atrofingizdagi bepul Wi-Fi ulanish nuqtalarini ko‘rsatadi. Ular ro‘yxat tarzida yoki xaritada ko‘rsatilishi mumkin. Shuningdek, mazkur Wi-Fi nuqtasi qarashli bo‘lgan tashkilot haqida ham ma’lumot ko‘rinadi.

Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun Facebook ilovasining so‘nggi versiyasini iPhone’lar uchun mana bu, Android tizimidagi qurilmalar uchun esa mana bu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.    

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!