Facebook haqida faktlar

Facebook haqida faktlar

— Facebook’ning 600 millionga yaqin aktiv foydalanuvchilari mavjud, ulardan 40 millioni har kuni o‘z statuslarini o‘zgartirib turishadi.

— Har oyda Facebook’ga o‘rtacha 2,5 millionta rasmlar joylashtiriladi.

— Facebook foydalanuvchisi (1 ta foydalanuvchi)ni o‘rtacha do‘stlarining soni 130 tani tashkil etadi, va ular har oyda o‘rtacha 8 ta odamga do‘st bo‘lishni taklif etishadi.

— Facebook trafik (foydalanuvchilar sarflaydigan megabaytlar) bo‘yicha  Google’dan keyin ikkinchi o‘rinda turar ekan(2012 yil boshida), lekin istalgan vaqtda birinchi o‘ringa chiqib olishi mumkin.

— Agar fachebook foydalanuvchilari umumiy soni biror davlatni tashkil etganda, Xitoy va Hindistondan keyin aholi ko‘pligi bo‘yicha 3 o‘rinda turar edi.

— Dastlab Facebook kollej o‘quvchilari uchun yaratilgan ijtimoiy sayt edi, lekin hozirgi kunda 70% foydalanuvchilarning yoshi 26 dan kattadir.

— O‘rta hisobda 1 ta foydalanuvchi Facebook’da kuniga 55 minut o‘tirar ekan, 1 oyda 25 ta kommentariya qoldirar va 9 marotaba like tugmasini bosar ekan.

— Foydalanuvchilarning 70%, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan tashqarida istiqomat qilishadi.

— Suriya, Xitoy, V’yetnam va Eron davlatlari Facebook’dan foydalanishni taqiqlab qo‘yishgan.

— 2009 yil sentyabr oyida, Facebook yaratuvchisi Mark Sukerberg, sayt keltirgan mablag‘, xarajatlarni to‘la qoplab, foyda tomonga o‘tganligini e’lon qildi.

— Florida shtatida, shu shtatning sudya va advokatlari Facebook orqali bir biri bilan do‘st bo‘lishini taqiqlab qo‘ydi.

— Faceboo’da foydalanuvchi nomi, uning rasmi, istiqomat qiladigan shahari va xakazolari rasmiy ochiq hisoblanadi.

Digital SkyTechnologies kompaniyasi Facebook’ni $200 mln bilan moliyalashtirgan, bu yordami evaziga saytning 1,96% dolyasiga ega bo‘lgan. Bu ijtimoiy tarmoq rivoji uchun Goldman Sachs va DST banklari ham birgalikda $500 mln pul ajratishgan.

— Hech qaysi Facebook hodimlari, shu nomli filmda suratga tushishga rozi bo‘lishmagan.

— 20 minut ichida Facebook’da 1million «ssilka»lar dunyo yuzini ko‘rar ekan(2012 yil uchun).

— Har soatda 4,5 million odam Facebook orqali qandaydir marosimlarga(meropriyatiye) larga taklifnomalar olishar ekan.

— Facebook saytiga dastlabki yordam puli ajratgan(sponsorlik) shaxs bu- Paypal yaratuvchisi Piter Tildir, u bu proyekt uchun 2004 yil 500 000$ ajratgan.

— Facebook uchun yaratiladigan ilova(prilojeniya)larni 800 000 yaratuvchi(razrabotchik) yaratadi.

— Facebook 70 ga yaqin tillarga tarjima qilingan, 300 minga yaqin foydalanuvchilar boshqa tillarga tarjima qilishga yordamlashib yuborishgan.

— 65 millinga yaqin Facebook foydalanuvchilari, saytga mobil telefon orqali ulanishadi, bu degani aktiv foydalanuvchilarning 50%.

— Facebook’ning quyidagi shaharlarda ofisi mavjud: Dublin, London, Parij, Sidney, Toronto, Nyu-York, Chikago, Atlanta, Dallas va Detroit.

— Sukerbergning yillik oylik maoshi(2011 yil uchun) 500 ming dollarni tashkil etadi.

— Facebook dunyoda foto xosting bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi, Har kuni bu xosting serveriga 3 terrabaytga yaqin rasm joylashtirilar ekan. Serverdagi umumiy rasmlar soni 40 milliardni tashkil qilar ekan.

— Facebook’dan foydalanuvchilar umuman qutila olishmaydi, agar siz o‘z nomingizni u yerdan o‘chirib tashlasangiz ham, siz haqingizdagi ma’lumotlar serverda saqlanib qolaveradi. Sizning ismingiz, yoshingiz hattoki rasmingiz ham serverda 4 nusxada saqlanadi. Siz xat orqali administratorga o‘z profilingizni o‘chirib tashlash xaqida xabar jo‘natishingiz mumkin, lekin foydasi bormikin…

— 57% odamlar avval Facebook orqali tanishib, keyin hayotda uchrashishar ekan.

— 2011 yil yangi yilda foydalanuvchilar 750 million rasmlarni Facebook’ga joylashtirishgan.

Manba: ITportal.Uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!