Facebook Messenger’da endi videoreklama chiqadi, uni to‘xtata olmaysiz ham!

  •   DiMaX
  •  598
  •  21.06.2018 16:14

Facebook Messenger’da endi videoreklama chiqadi, uni to‘xtata olmaysiz ham!

Dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoqni taqdim etgan Facebook kompaniyasi reklamadan yaxshigina daromad ko‘radi. U endi shu tarmoqning turli qurilmalar uchun ishlab chiqilgan ilovalarini ham reklama maydoniga aylantirmoqchi.

O‘QING: Facebook Messenger xavfli virus tarqatmoqda: himoyalanish usullari

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Facebook kompaniyasi o‘zining Messenger ilovasida reklama roliklarini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu lavhalar yozishmadagi xatlar orasida o‘z-o‘zidan chiqadi va avtomatik tarzda ijro etilib ketadi. Ilova foydalanuvchilari bu videoni o‘chirib yoki to‘xtatib qo‘ya olishmaydi.

Kompaniya vakillari avvalroq, ijtimoiy tarmoqda reklama uchun joy yetishmayotganligini aytishgandi – shu bois yaqinda Facebook Messenger ilovasida statik reklamalar paydo bo‘lgan. Endi esa messenjerga videorolik shaklida ham reklamalar joylanadi; tabiiyki, bunday reklama joyi qimmat ham bo‘ladi.

Hozirda ushbu funksiya sinov jarayonida bo‘lib, ayrim foydalanuvchilar allaqachon bundan xavotir bildira boshlashgan. Facebook Messenger reklama bo‘limi rahbari Stefanos Loukakosning so‘zlariga ko‘ra, jamoa allaqachon bu boradagi mulohazalarni o‘rgana boshlagan va keyinchalik ham yuzerlarning qanday munosabat bildirishlariga qaraladi.

O‘QING: iOS va Android smartfonlarida reklamadan butkul xalos bo‘lish

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!