Facebook Messenger'da HD videolar va 360 darajali suratlar jo‘natish imkoniyati paydo bo‘ldi

Facebook Messenger'da HD videolar va 360 darajali suratlar jo‘natish imkoniyati paydo bo‘ldi

Seshanba kuni Facebook o‘zining Messenger xizmati uchun kichik yangilanishni taqdim etdi. Natijada ilovaning video va suratlar jo‘natish imkoniyati ancha kengaydi. Yangilanishning eng e’tiborli jihati shundaki, endilikda Messenger orqali 720p formatdagi videolar jo‘natish mumkin. Biroq, hozircha, bu o‘lchamdagi videolarni ilovaning standart kamerasi orqali tasvirga tushirib bo‘lmaydi. Ilova kamerasi hamon past hajmdagi videolarni tasvirga olmoqda. 720p hajmdagi HD videoni Messenger orqali yuborish uchun uni qurilmangiz kamerasi orqali olgan bo‘lishingiz lozim.

Messenger'da, shuningdek, 360 darajali suratlar yuborish imkoni ham paydo bo‘ldi. Biroq bu holatda ham suratlar ilovaning standart kamerasida olinmagan bo‘lishi lozim. Boshqa har qanday kamera orqali tushirilgan 360 darajali suratlarni ilova orqali jo‘natishga to‘sqinlik mavjud emas. Bunday formatdagi suratni Messenger orqali yuborganda, ilova uni maxsus formatga o‘tkazadi. Shundan so‘ng qabul qiluvchi ilova yuklab olgan suratni barmog‘i orqali harakatga keltirib, tomosha qilishi mumkin. Bunga qadar 360 darajali suratlarni Facebook'ning o‘z mobil ilovasi va kompyuter talqinida tomosha qilish mumkin edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!