Facebook Messenger’da o‘yinlar soni ortadi

Facebook Messenger’da o‘yinlar soni ortadi

Facebook kompaniyasini bugungi kunda faqat ijtimoiy tarmoq bilan bog‘lash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Firma anchadan buyon ijtimoiy tarmoqqa aloqador yoki unga qarashli bo‘lmagan xilma-xil servislarni  yaratib kelmoqda. Agar bundan bir necha muddat avval Facebook’ka videoo‘yin striminglari tatbiq etilgan bo‘lsa, yaqinda kompaniya o‘zining Gameroom nomli o‘yin platformasini ishlab chiqdi.  Shu bilan birga, avvalroq Facebook Messenger xizmatiga basketbol, futbol va shaxmat kabi bir qator sozlangan o‘yinlar qo‘shilgan edi.

Engadget saytining yozishicha, shu oyning so‘ngida  Facebook mustaqil dasturchilarga Facebook Messenger uchun o‘yinlarni tayyorlashga xizmat qiladigan Instant Games deb ataladigan asboblar to‘plamini chiqaradi. Hozircha o‘yinlarning turi to‘g‘risida batafsil ma’lumot yo‘q. Biroq mutaxassislarning qayd etishicha, birinchi navbatda, mazkur yo‘nalishda asinxron o‘yinlar, ya’ni bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchilar tomonidan o‘ynaladigan o‘yinlarga urg‘u beriladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!