Facebook Messenger’da yana xavfli virus tarqala boshladi

  •   DiMaX
  •  980
  •  26.08.2017 15:48

Facebook Messenger’da yana xavfli virus tarqala boshladi

«Kasperskiy laboratoriyasi» foydalanuvchilarni Facebook’ka tushgan xavfli virusdan ogohlantirdi, deb yozadi Politekspert nashri.

Dasturiy ta’minot himoyasi bo‘yicha kompaniya mutaxassislarining xabar berishlaricha, ziyonkor dasturiy ta’minot Facebook tarmog‘idagi shaxsiy xabarlar vositasida tarqatilmoqda.

Tadqiqotchilarning, yangi virusning qurilmaga qandaydir videoga yo‘llovchi havola orqali yuqishini ta’kidlashmoqda. U xuddi shu tarzda profiliga tushgan biror do‘stingizdan sizga shaxsiy xabar ko‘rinishida kelishi mumkin.

Havola sizni bitta saytga yo‘naltiradi, u sayt esa gadjetga avtomatik tarzda virus dasturini o‘rnata boshlaydi. Virusni yuqtirib olgan kompyuter o‘z-o‘zidan profil sohibining ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlariga xuddi shunday shaxsiy xabar jo‘natishda davom etaveradi. Shuning uchun ham mazkur zararli dasturiy ta’minot juda tez tarqaladi.

Ayrim antivirus kompaniyalarining mutaxassislari esa, ushbu yangi virusning maqsadi kompyuterlarni ishdan chiqarish emas, balki reklama orqali pul ishlash bo‘lishi ham mumkin, deyishmoqda. Nima bo‘lganda ham, ehtiyotkorlik hech qachon zarar qilmagan. Shuning uchun ham Facebook’dagi spam-viruslar, ularning sabablari va himoyalanish usullari haqidagi maqolamizga bir ko‘z tashlab qo‘yishni tavsiya etamiz.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.