Facebook «portal» taqdim etdi: ikkita aqlli kolonka, yana ekrani bilan

  •   Saroy
  •  418
  •  09.10.2018 15:46

Facebook «portal» taqdim etdi: ikkita aqlli kolonka, yana  ekrani bilan

Facebook kompaniyasi ikkita aqlli kolonka  Portal va Portal+’ni  turli hajmdagi  displeylar bilan namoyish qildi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda videochatlar uchun maxsus yaratildi.

Portal kolonkasiga  kengburchakli kamera o‘ratilgan, u insonning holatini kuzatib turadi va tasvirni uning orqasidan nari suradi yoki yaqinlashtiradi. Bu esa hamsuhbatga erkin suhbat qurishi va shu bilan bir qatorda, boshqa ishlarni ham bajarishiga imkon beradi, masalan oshxonada. Qo‘ng‘iroq uchun  stikerlar va qo‘shimcha reallik bilan turli niqoblar  to‘ldirildi

Qolaversa, ekranda postlar, fotosuratlar ko‘rish mumkin,  Spotify’dan musiqa eshitish mumkin hamda Facebook orqali video tomosha qilsa bo‘ladi. Kelajakda boshqa kompaniyalarning ilovalari ham o‘rnatiladi. Ovoz orqali boshqarish uchun Amazon’ning  Alex assestentidan foydalaniladi.

O‘QING:Xushxabar: iPhone va iPad’lar uchun ham tezkor va tejamkor Facebook Lite chiqdi!

Kichkin Portal kolonkasida esa ekran diagonali 10,1 dyuymga teng va HD-formatiga ega, «Plyusda» — 15,6 dyuymli ekran Full HD formati bilan. Oddiy model xuddi oddiy ekranli kolonkaga o‘xshaydi,  Portal+ esa mo‘ljalni o‘zgartirib turadigan qiziq jihatlarga ega.

Ijtimoiy tarmoqdan tarqab ketgan ma’lumotlar bilan bog‘liiq janjallardan keyin, axborot xavfsizligiga  alohida e’tibor qaratildi. Facebook’ning va’da berishicha,  kolonkalar foydalanuvchi maxsus buyruqni ovoz chiqarib aytmasa ovoz va videoni yozmaydi hamda chiqib ketayotgan barcha ma’lumotlar raqamlashtiriladi.

Facebook ekranli kolonkalariga buyurtmalarni qabul qilishni boshlab yuborgan. Kichkina Portal uchun199  dollar suralmoqda,  Portal+ esa 349 dollar turadi.

O‘QING:Facebook sizni endi Instagram orqali ham kuzatadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!