Facebook shaxsiy xabarlarda munosabat bildirish va «dislayk»ni sinay boshladi

  •   DiMaX
  •  1055
  •  31.03.2017 11:57

Facebook shaxsiy xabarlarda munosabat bildirish va «dislayk»ni sinay boshladi

Facebook o‘z messenjerida shaxsiy xabarlarga emodzi yordamida munosabat bildirishni sinovdan o‘tkazmoqda. Ular orasida layk va dislayk ko‘rinishida munosabat bildirish imkoni ham mavjud.

TechCrunch nashriga ko‘ra, foydalanuvchilar shaxsiy xabarlarga yetti xil variantda munosabat bildirishlari mumkin. Qo‘yilgan emodzi chatdagi har bir foydalanuvchiga ko‘rinib turadi, bu esa biror yozuvga munosabat bildirganlarning ro‘yxati hammaga ko‘rinarli bo‘lishini ta’minlaydi.

Xabarda ta’kidlanishicha, messenjerdagi munosabat bildirishlar Facebook yangiliklar tasmasidagi emodzilardan bittagina jihati bilan farq qiladi, ya’ni – ular qatorida dislayk mavjudligi.

Avvalroq kompaniya, «salbiy munosabatlar ko‘pligi sababli» mazkur tugmachani iste’molga kiritishni istamasligini bir necha marta ta’kidlagan. Facebook vakilining so‘zlariga ko‘ra, shaxsiy xabarlardagi dislayk «yo‘q» so‘zining analogi sifatida amalga kiritilgan.

Facebook’dan aniqlik kiritishlaricha, bu funksiya hozircha akkauntlarning bir qismi uchungina amal qilmoqda. Sinovlar jarayonida u o‘zini oqlasa, keyin barcha foydalanuvchilar uchun joriy etiladi.

Biz Facebook Messenger quvnoqroq va qiziqarliroq bo‘lishi uchun muntazam tarzda turli imkoniyatlarni sinovdan o‘tkazib turamiz. Hozirda biz kichkina test o‘tkazmoqdamiz, uning doirasida kishilar xabarda o‘z his-tuyg‘u, munosabatlarini ifodalashning eng yaxshi varianti – emodzilarni baham ko‘ra olishadi.

Facebook vakili

Joriy yilning 1 martida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Facebook munosabat bildirish algoritmlarini o‘zgartirish ustida ish boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning fevralida Facebook beshta qo‘shimcha emotsiyali kengaytirilgan layklarni joriy etgan edi. Shundan beri foydalanuvchilar layklar orqali nafaqat «Yoqdi» deyishlari, balki mehrni, kulgini, hayratni, tashvish yoki jahlni ifodalashlari mumkin bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Facebook messenjeridan tashqari, Telegram messenjerida ham O‘zbekiston uchun ovozli qo‘ng‘iroqlar ishga tushgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.