Facebook sinov tariqasida avstraliyalik foydalanuvchilar yig‘gan layklar sonini ko‘rsatmayapti

Facebook sinov tariqasida avstraliyalik foydalanuvchilar yig‘gan layklar sonini ko‘rsatmayapti

Facebook, Insatgram'ning yo‘lidan borib, sinov tariqasida Avstraliyadgi foydalanuvchilar postlariga bosilgan layklar sonini yashirmoqda.

Sal ilgariroq, gongkonglik muhandis o‘z blogida Facebook'ning Android ilovasidan prototip kod topgani va bu kompaniya allaqachon sinovni boshlab yuborganini anglatishini yozgan edi. O‘sha davrda Facebook bunga izoh berishdan bosh tortgan.

Ijtimoiy tarmoqda mashhur faol bo‘lgan ba’zi blogger va shunga o‘xshash foydalanuvchilar Facebook'ning bu harakatini tanqid qilib, layklar soni ularning onlayn biznesidagi muhim jihat ekanligini ta’kidlagan.

Kompaniyadagilar sinovlar kengaytirilishi yoki layklar sonini ko‘rsatish butunlayga to‘xtatilishi haqida ma’lumot bermadi.

Juma kunidan boshlab, avstraliyalik ba’zi foydalanuvchilar boshqalar qo‘ygan postga bosilgan layklar yoki munosabat (xafa, jahli chiqqan, hayron qolgan kabi) lar sonini ko‘ra olmaydi.

Facebook'ning muhokamalarga sabab bo‘layotgan ushbu qarori iyul oyidan buyon Instagram'da amalga oshirib kelinmoqda. Biroq ushbu platforma yettita davlat (Avstraliya, Yangi Zelandiya, Braziliya, Kanada, Yaponiya, Italiya va Irlandiya) da o‘tkazayotgan sinov jarayoni tafsilotlarini ommaga taqdim qilmagan.

Facebook'dagilar layklar sonini ko‘rsatmaslik foydalanuvchilar o‘rtasida ijtimoiy bosim yuzaga kelishini oldini oladi, deydi.

Lekin foydalanuvchining o‘zi o‘z postiga bosilgan layklar sonini ko‘ra oladi.

"[Bu harakatdan] ko‘zlangan maqsad tenglikni ta’minlash, shunda kishilar o‘zaro aloqa va kontentlariga bosiladigan layklar yoki munosabatlar soniga emas, balki ularning sifatiga e’tibor qarata oladi", deya tushuntiradi kompaniya vakili Mia Garlik Avstraliya OAV assotsiatsiyasiga bergan intervyusida.

Garlik xonim kompaniya bu qarorni amalga oshirishda aqliy salomatlik bo‘yicha ekspertlar va zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi guruhlar bilan maslahatlashganini aytdi. Texnologiya ekspertlari ham qaror qabul qilishda ishtirok etgan.

O‘QING: Facebook haqida 12 qiziq fakt

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.