Facebook siz undan foydalanganingiz uchun qancha topishini bilasizmi?

Facebook siz undan foydalanganingiz uchun qancha topishini bilasizmi?

2017 yilning yakunlariga ko‘ra, Facebook o‘z tarixida ilk marotaba Shimoliy Amerika mintaqasida, aniqrog‘i AQSh va Kanadada bir million nafar kundalik faol foydalanuvchilaridan mahrum bo‘lgan. Natijada, bu hududdagi kunlik faol foydalanuvchilar soni 184 millionga kamaygan.

Tashkil qilinganiga 14 yil bo‘lgan Facebook'ning 2017 yil to‘rtinchi chorakka oid hisobotlariga ko‘ra, sayyoramizdagi eng ulkan ijtimoiy tarmoqdan bu chorakda 50 million soat kamroq foydalanilgan.

Ekspertlarning fikricha, Facebook tarmog‘ida soxta yangiliklar saytlarining ko‘payib borayotgani, axborot xurujlarining avj olishi, bir vaqtlar bu tarmoqdan miriqib foydalangan odamlar kayfiyatidagi zerikish hissi oqibatida Facebook so‘nggi vaqtlarda foydalanuvchilarini qo‘ldan boy bermoqda.

Kompaniya har bir foydalanuvchi orqasidan $26.76 dollar pul topadi. Tarmoq foydalanuvchilarining kamayishi uning daromadiga ta’sir ko‘rsatmagan. Aksincha, tobora ko‘payib borayotan reklama beruvchilar hisobiga, bu chorakda kompaniya $6.39 mlrd dollar foyda olgan. 2017 yilning oxiriga kelib AQSh Kongressi Facebook kompaniyasi bo‘yniga 2 mlrd dollarlik soliqlarni ham yuklab qo‘ygan.

So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarning real hayotga tajovuzkor ta’siri kuzatilmoqda. Bu esa foydalanuvchilarning tarmoqdan ketishlariga sababchi bo‘lmoqda.

So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoq yordamida insonlar ongini boshqarish va tazyiq o‘tkazish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa jamiyat uchun ham, foydalanuvchilarning shaxsiy hayotlari uchun ham salbiy ta’sirga ega. Ayniqsa, sotsiologlarning ma’lum qilishlaricha, Facebook jamiyatdagi demokratik tamoyillarni ham izdan chiqarib yuborishga qodir.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda Facebook foydalanuvchilari soni 700 ming nafarga yaqin.