Facebook videochatlar uchun Aloha gadjetini tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  763
  •  25.08.2017 16:52

Facebook videochatlar uchun Aloha gadjetini tayyorlamoqda

Facebook kompaniyasi guruhli videochatlar uchun alohida ilova hozirlayotgani haqida avval xabar bergan edik. Endi ma’lum bo‘lishicha, u nafaqat dasturiy ta’minot, balki alohida qurilma ustida ham ishlamoqda ekan. Bu to‘g‘rida Business Insider nashri yozgan.

Aytilishicha, yangi mahsulot hozircha Aloha kodli nomi ostida ishlab chiqilayotir. Mazkur devays Facebook foydalanuvchilariga videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda yuzni tanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Aloha’ning asosida Android operatsion tizimi hamda 360 darajali suratga olish imkoniyatiga ega bo‘lgan panoramali kamera yotadi.

Xabarlarga ko‘ra, videochatlar gadjeti Facebook qurilmalar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasi – Building 8 tajribaviy laboratoriyasining qurilmalar bilan bog‘liq ilk yirik loyihasi bo‘ladi. U noutbuklarnikidek katta ekranga hamda kameraga mo‘ljallangan aqlli texnologiyalarga ega bo‘ladi. Ular yordamida videochat ishtirokchilari xuddi bitta xonada joylashgandek bemalol muloqot qila oladigan bo‘lishadi.

 Hozircha Aloha deb nomlanayotgan bu gadjet keyingi yilning bahorida, F8 ishlab chiquvchilarining navbatdagi konferensiyasida keng ommaga taqdim etiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!