Facebook xodimlariga iPhone'dan foydalanish taqiqlandi

Facebook xodimlariga iPhone'dan foydalanish taqiqlandi

Facebook rahbari Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoq mansabdorlaridan faqat Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlardan foydalanishni talab qildi. Bu haqda "The New York Times" nashri xabar bermoqda

Taxminlarga ko‘ra, bu qaror 2018 yil martida Apple rahbari Tim Kuk "MSNBC"ga bergan intervyusida Facebook'ni tanqid qilganidan so‘ng qabul qilingan.

O‘shanda Tim Kuk Facebook'ni shaxsiy ma’lumotlarning chiqib ketishiga doir "Cambridge Analytica" kompaniyasi bilan bog‘liq mojaro uchun tanqid qilgan va Apple foydalanuvchilarning “shaxsiy hayoti bilan savdo qilmoqchi emas”ligini bildirgan edi.

Facebook kompaniyasi vakillari "The New York Times"da chiqqan maqolaga munosabat bildirdi. Qayd etishlaricha, xodimlar va rahbarlarning Android'dan foydalanishga o‘tishi qo‘llab-quvvatlanadi, chunki bu “jahondagi eng ommabop operatsion tizim”. Shunga qaramay, Facebook'ning bir qator menejerlari Twitter'ga iPhone orqali xabar yozayapti.

O‘QING: Apple keyingi yildan film ishlab chiqaradi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!