Farg‘onada soxta aviakassa ochib, salkam 23 million so‘mlik qalbaki bilet sotgan firibgar qo‘lga olindi!

  •   DiMaX
  •  1859
  •  11.09.2018 14:01

Farg‘onada soxta aviakassa ochib, salkam 23 million so‘mlik qalbaki bilet sotgan firibgar qo‘lga olindi!

Hujjatlarni soxtalashtirish va firibgarlik – ko‘p uchrab turadigan jinoyat turlaridan hisoblanadi. Podrobno.uz nashri bergan xabarga ko‘ra, Farg‘ona shahrida bir «uddaburon» bu ikki usulni ham baravariga qo‘llagan.

O‘QING: Firibgarlar qarmog‘i. Plastik kartadagi pullaringiz joyidami?

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona shahrida D. ismli fuqaro soxta aviakassa ochgan. U aldov yo‘li bilan jami 22,9 million so‘mlik qalbaki bilet sotishga ham ulgurgan. Mazkur aviachiptalarni u kompyuter texnikasi yordamida tayyorlagan ekan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari noqonuniy faoliyat yuritgan ushbu shaxsni aniqlashgan. Qo‘lga olingan firibgarga nisbatan jinoiy ish ochilgan va ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘QING: Telegram’dagi tovlamachilar: namanganlik adminlar jinoyat ustida qo‘lga olindi!