Favqulodda xabar: Galaxy Note 8'ning yuz skaneri ham "mot" bo‘ldi

Favqulodda xabar: Galaxy Note 8'ning yuz skaneri ham

Ko‘pchilik Apple'ni smartfonlarida uning raqiblari allaqachon tatbiq qilgan texnologiyani qayta joriy qilishda, ya’ni texnologik ko‘chirmakashlikda ayblaydi. Balkim, uning raqiblari shoshma-shosharlik qilib, birinchi bo‘lish maqsadida muayyan texnologiyani gadjetlarida chala-chulpa tatbiq qilishayotgandir? Shunisi, aniqki, kaliforniyalik ishlab chiqaruvchi qaysi texnologiyani yaratishga qo‘l urmasin, buni shon-shuhrat uchun qilmaydi. Har qanday innovatsiyani puxta va pishiq ishlab chiqarish Apple'ga xos.

Muddaoga o‘tsak: iPhone 8'da barmoq izlari skaneri yo‘qligi va "ayfonchi" endi flagmanlarini 3D-kamera bilan ishlab chiqarishga o‘tishi quloqqa chalinishi bilan ko‘pchilik hayratga tushdi. Touch ID faqat telefonni  razblokirovka qilish uchun emas, Apple Pay orqali to‘lovni amalga oshirish uchun ham kerak edi. Shu bilan birga, smartfonning qiyofani tanish funksiyasi Android gadjetlar uchun yangilik emas. Xulosaga shoshmang ...

Garchi, Samsung qiyofani taniydigan kamera texnologiyasini birinchilardan bo‘lib yaratgan bo‘lsa ham, bu innovatsiya hozircha o‘zini oqlamadi. Gap shundaki, ilk qiyofa kamerasini oddiy fotosurat bilan ham aldash mumkin bo‘ldi. Misol uchun, xohlagan smartfonni o‘g‘irlab, uning egasining Facebook tarmog‘idagi sahifsidagi biror suratni olib, smartfonning tizimiga kirish mumkin. Samsung kompaniyasi Galaxy S8'dagi qiyofa skanerining ishonchli emasligini rasman tasdiqladi ham. Shuningdek, koreyalik ishlab chiqaruvchi Samsung Pay to‘lovlarini amalga oshirishda bu skanerdan foydalanishni ta’qiqlab qo‘ydi. Buning o‘ringa Samsung an’anaviy barmoq izlari skaneri yoki ko‘z pardasi skaneridan foydalanishni maslahat bergan.

Galaxy Note 8 taqdimotidan keyin hammayoqda qiyofa skanerining takomillashgani, endi uni aldab bo‘lmasligi e’lon qilindi. Biroq, aslida bunday bo‘lib chiqmadi. Dastur ishlab chiqaruvchisi Mel Tayjon Galaxy Note 8'ning qiyofa kamerasini sinovdan o‘tkazib,uni "mot" qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu jarayonni quyidagi videoda ko‘ring.

Jahonning yirik smarfton ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Samsung kompaniyasining 2-marotaba ketma-ket samarasiz innovatsiya yaratgani uyatli holat.  

Xo‘sh, Apple bu borada unga bildirilgan ishonchni oqlaydimi? Yangi afyonlar ham avvalgilari kabi mustahkam va xavfsiz tizimga ega bo‘ladimi?

Ekspertlarning fikri ijobiy: Apple bozorga yangi texnologiya bilan kirib keladi. Modomiki, kompaniya Apple Pay uchun ayfonda qiyofa skanerini joriy qilar ekan, unda Apple millionlab xaridorlarning xavfsizligini bu gal ham o‘z zimmasiga oladi, har tomonlama puxta o‘ylangan funksiyani ishlab chiqaradi. 12 sentyabrdan keyin bu fikrlarga yana oydinlik kiritamiz. Terabayt'ni kuzatishda davom eting.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!