Foydalanuvchilar 2015 yilning eng yaxshi gadjetlarini aniqlashdi

Foydalanuvchilar 2015 yilning eng yaxshi gadjetlarini aniqlashdi

Hi-Tech Mail.Ru oltinchi marotaba “2015 yilning eng yaxshi gadjeti” tanlovini o‘tkazdi. Unda 400 ming nafardan ziyod foydalanuvchi ishtirok etib, eng yaxshi qurilmalar uchun 3 milliondan ziyod ovozini berdi.

Bu yilda “smartfonlar”, “kompyuterlar”, “kameralar”, “televizorlar”, “gadjetlar” hamda “Operatorlar va riteyllar” toifalarida eng yaxshilar saralab olindi. Ovoz berish 2015 yilning 23 dekabr kuni boshlanib, 2016 yilning 16 fevral kuni nihoyasiga yetdi.

Smartfonlar

Yarim milliondan ziyod ovozlar yakuniga ko‘ra, yil flagmani sifatida Apple iPhone 6s Plus tan olindi. Sony Xperia Z5 Compact esa “eng yaxshi kichik flagman” nominatsiyasida g‘olib chiqdi. Sony Xperia C5 Ultra eng yaxshi selfi-smartfon deb topilgan bo‘lsa, Samsung Galaxy S6 edge bir yo‘la ikki nominatsiya – “innovatsiya” va “yilning eng yaxshi dizayni”da birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Microsoft Lumia 950 yilning yang yaxshi kamerafoni nomiga sazovor bo‘ldi. Narx va imkoniyatlar mutanosibligi borasida Huawei Honor 7 foydalanuvchilar e’tiboriga sazovor bo‘ldi. 5000 mAs akkumulyatoriga ega Lenovo Vibe P1 “Eng uzoq foydalaniladigan smartfon” nominatsiyasida barcha raqobatchilaridan o‘zib ketdi. Musiqa eshitishga eng qulay smartfon sifatida Shvetsiyaning audiotexnika mahsulotlari bilan mashhur kompaniyasining Marshall London gadjeti tanlandi. Eng arzon va maqbul smartfon nomi esa Microsoft Lumia 535ga nasib qildi.

Kompyuterlar

Internet foydalanuvchilari Apple MacBook Pro 13 (early 2015) noutbukini eng yaxshi kompyuter sifatida tanlashdi. Lenovo YOGA 900 eng yaxshi transformer, katta Apple iPad Pro eng yaxshi planshet nomiga sazovor bo‘ldi.

“Eng yaxshi o‘yin noutbuki” nominatsiyasida ASUS ROG G752, Acer Aspire V13 (2015) esa narx va imkoniyatlar mutanosibligi bo‘yicha g‘olib chiqdi. Ekrani chetlarida rom-hoshiyalari bo‘lmagan Dell XPS 13 9343 eng yaxshi dizaynga ega kompyuter sifatida e’tirof etildi.

Gadjetlar

2015 yilning eng yaxshi gadjeti nominatsiyasida ham Apple birinchilikni qo‘lga kiritdi – Apple Watch. Mazkur toifada Sony SmartBand 2 eng yaxshi fitnes-bilaguzuk, Sony H.ear on esa eng quloqchin (naushnik) deb topildi.

Virtual reallik shlemlari orasida esa Samsung Gear VR`ga teng keladigan topilmadi. “Kelajakka qaytib-2” filmi motivlari asosida ishlab chiqilgan avtobog‘ichli Nike Mag krossovkasi “Yilning eng g‘ayrioddiy gadjeti” deb topildi. Internet uchun eng yaxshi gadjet sifatida esa Huawei WS880 marshrutizatori tilga olindi.

Kameralar

Foydalanuvchilar bu yil oliy mukofotni Canon EOS 5DS`ga tortiq qilishdi. “Eng yaxshi ekshn-kamera” nominatsiyasida esa GoPro Hero 4 Session, Olympus OM-D E-M5 II “Eng yaxshi oynasiz kamera” yo‘nalishida tengsiz deb topildi. Lytro ILLUM yil innovatsiyasi sifatida e’tirof etildi.

Televizorlar

Ikkinchi yildirki, LG mazkur toifada eng yaxshi deb tan olinmoqda. Bu safar uning OLED-ekranli EG960V modeli eng yaxshi televizor nomiga sazovor bo‘ldi. Narx va imkoniyatlar mutanosibligi nominatsiyasida bukilgan ekranli Samsung 48JU6600A barcha raqobatchilarini ortda qoldirdi. 4,9 millimetr qalinlikdagi Sony KD-55X9005C “Eng yaxshi dizayn” nominatsiyasida g‘olib chiqdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!