Foydalanuvchilar iOS 10 versiyasini o‘rnatishda muammoga duch kelishdi

Foydalanuvchilar iOS 10 versiyasini o‘rnatishda muammoga duch kelishdi

Yuzlab Apple foydalanuvchilari iOS 10 versiyasiga yangilashda bir qator muammolarga duch kelishdi. Bu haqda RBK nashri xabar qilgan.

Yangilanish paketini yuklab olgandan keyin qurimalar dasturni o‘rnatishni boshlagan. Biroq ekranlarda gadjetni kompyuterga ulash kerakligi to‘g‘risida bildirishnoma paydo bo‘lgan. Nosozlik aynan yangi versiya Wi-Fi orqali yuklab olganda sodir bo‘lmoqda. Biroq ma’lumotlarga qaraganda, paketni iTunes yordamida bexato o‘rnatish mumkin.

Apple bergan xabarga ko‘ra, bunday muammo, asosan, yangilanish paketi chiqarilgan ilk soatlarda yuzaga kelgan. “Muammo tezda hal etildi va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”,- deb yozadi kompaniya.

Kecha – 13 senyatbr kuni Apple uzoq kutilgan iOS 10 dastur versiyasini chiqargan edi. Endi ma’lum avloddagi iPhone va iPad gadjetlarida 3D Touch bilan bog‘liq yangi bildirishnomlar tizimi, iOS messenjerining kengaytirilgan funksiyalari, takomillashgan “Photo” ilovasidan foydalanish mumkin. Albatta, bundan tashqari yana bir qator yangiliklar iOS 10 dasturiga kiritilgan. Bu haqda batafsil to‘xtalamiz.